Gadjetlar

Huawei AI Glasses sun’iy intellektli ko‘zoynaklari taqdim etildi — narx

Sotuvlar 25-apreldan yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Huawei AI Glasses sun’iy intellektli ko‘zoynaklari taqdim etildi / Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi Huawei AI Glasses nomli sun’iy intellekt asosidagi ilk smart ko‘zoynaklarini rasman taqdim etdi. Model HarmonyOS platformasida ishlovchi birinchi ko‘zoynak bo‘lib, foto olish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Huawei

Qurilma 12 megapikselli yuqori sezuvchan kamera va 1/2,8 dyuymli sensor bilan jihozlangan. U HDR Vivid standartida 4096 × 3072 pikselgacha suratga olish hamda 1920 × 1440 piksel sifatda sekundiga 30 kadr tezlikda video yozish imkonini beradi.

Ko‘zoynak maxsus ishlab chiqilgan chip va o‘rnatilgan sun’iy intellekt yordamchisi bilan ta’minlangan. Uni ovoz orqali yoki chap dasta qismidagi tezkor tugma yordamida faollashtirish mumkin.

Foto: Huawei

Qurilma yengil materiallardan tayyorlangan bo‘lib, yuqori aniqlikdagi yig‘ish texnologiyasi qo‘llanilgan. Natijada dasta qismi atigi 6,25 mm qalinlikka ega, umumiy vazni esa 35,5 grammni tashkil etadi.

Mazkur model narxi taxminan $370 dan boshlanadi. Sotuvlar 25-apreldan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Foto: Huawei

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei kompaniyasi ayollar auditoriyasiga mo‘ljallangan yangi premium smart soati – Huawei Watch Ultimate Star Diamond Edition’ni taqdim etgan edi.