«Dinamo» U19 jamoasi futbolchisi Sardor Murodov 18 yoshida vafot etdi

24-aprel 2026 14:31 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: DINAMO PFK

«Dinamo» futbol klubining U19 jamoasi a’zosi, 18 yoshli yarim himoyachi Sardor Murodov vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: DINAMO PFK

Sardor Murodov 2007-yilning 26-oktabrida tug‘ilgan. U U19 chempionati doirasida 21-aprel kuni «Paxtakor» U19 jamoasiga qarshi o‘tkazilgan va 2:2 hisobida yakunlangan o‘yinda asosiy tarkibda harakat qilgan.

Foto: DINAMO PFK

Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh futbolchi «Dinamo» safida 2024-yilda 17 ta, 2025-yilda esa 13 ta o‘yinda ishtirok etgan. Shuningdek, u 2023-yili «Yunired» klubi tarkibida 4 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

«Dinamo» professional futbol klubi o‘z bayonotida futbolchining vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek