Toyota va CATL Indoneziyada batareya ishlab chiqaradi

27-aprel 2026 08:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Toyota va CATL Indoneziyada batareya ishlab chiqaradi
Foto: Pexels

Yaponiyaning Toyota kompaniyasi Xitoyning batareya giganti CATL bilan Indoneziyada hamkorlikni boshladi. Loyiha gibrid avtomobillar uchun batareya ishlab chiqarishga qaratilgan.

Ma’lum qilinishicha, ishlab chiqarilgan batareyalar ichki bozor bilan birga eksportga ham yo‘naltiriladi. Eksport 2026 yilning ikkinchi yarmidan boshlanishi rejalashtirilgan. Loyihaga taxminan $78,5 mln sarmoya kiritiladi. Bu mablag‘ batareya elementlari va modullarini mahalliylashtirishga yo‘naltiriladi. Hozircha bu qismlar xorijdan import qilinadi.

Kompaniya vakillariga ko‘ra, ishlab chiqarish to‘liq siklni qamrab oladi. Ya’ni xom ashyodan tortib tayyor batareyagacha bo‘lgan jarayonlar mahalliylashtiriladi. Hozirda Toyota’ning Karavang zavodida batareya yig‘ish liniyasi mavjud. U yerda Kijang Innova Zenix HEV, Veloz HEV va Yaris Cross HEV modellari uchun batareyalar ishlab chiqariladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda Indoneziyada gibrid va boshqa elektrlashtirilgan avtomobillar savdosi 177 mingdan oshgan. Bu 2024 yilga nisbatan 71 foizga ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota kompaniyasining yangi elektromobili bir soat ichida 3 mingta buyurtma olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek