2027-yilgi Chevy Blazer EV yangi zaryadlash standartiga o‘tadi

28-aprel 2026 11:08 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2027-yilgi Chevy Blazer EV yangi zaryadlash standartiga o‘tadi
Foto: GM Authority

2027-yilda ishlab chiqariladigan Chevy Blazer EV yangi NACS zaryadlash portiga o‘tadi. GM Authority’ga ko‘ra, bu avval ishlatilgan CCS1 tizimidan voz kechish degani.

Mazkur o‘zgarish General Motors kompaniyasining barcha elektromobillarni yagona standartga o‘tkazish rejasiga mos keladi. Endi Blazer EV Tesla’ning keng Supercharger tarmog‘idan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Kompaniya eski zaryadlash tizimlaridan ham voz kechmaydi. Maxsus adapterlar yordamida foydalanuvchilar CCS stansiyalaridan ham foydalanishda davom etadi.

Bu o‘zgarish haydovchilar uchun katta qulaylik yaratishi ta’kidlanmoqda. Ayniqsa, uzoq masofaga safar qilishda zaryadlash imkoniyatlari kengayadi.

So‘nggi paytda ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilar ham aynan shu standartga o‘tmoqda. Bu esa elektromobillar uchun yagona zaryadlash tizimini shakllantirishga olib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Geely elektromobillar uchun ultra tez zaryadlash texnologiyasini taqdim etgandi. Ushbu texnologiya Lynk & Co 10 va 10+ elektromobillarini 10 foizdan 70 foizgacha atigi 4 daqiqa 22 soniyada, 10 foizdan 97 foizgacha esa 8 daqiqa 42 soniyada zaryadlash imkonini beradi.

Shuningdek