
Portugaliya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibini ma’lum qildi. Roberto Martines e’lon qilgan ro‘yxatdan Krishtianu Ronaldu ham joy oldi.
41 yoshli hujumchi uchun bu faoliyatidagi oltinchi mundial bo‘ladi. Ronaldu avval 2006, 2010, 2014, 2018 va 2022-yilgi Jahon chempionatlarida qatnashgan.

O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari JCh-2026 guruh bosqichida «K» guruhidan joy olgan. Shuningdek, ushbu guruhda Kolumbiya hamda DR Kongo jamoalari ham bor.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 23-iyun kuni Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv AQShning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Braziliya tarkibi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.