iPhone 18 Pro to‘q olcha rangda chiqishi mumkin

31-may 2026 15:49 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
iPhone 18 Pro qanday ranglarda taqdim etiladi
Foto: Sonny Dickson

iPhone 18 Pro maketlarining yangi suratlari internetda paydo bo‘ldi. Sonni Dikson e’lon qilgan suratlarda smartfonning to‘rt xil rangi ko‘rsatilgan: kumush, qora, ko‘k va yangi to‘q olcha rang.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Dark Cherry nomli to‘q olcha rang iPhone 18 Pro avlodining asosiy rangi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Apple klassik qora rangni Pro lineykaga qaytarishi kutilmoqda.

iPhone 18 Pro qanday ranglarda taqdim etiladi
Foto: Sonny Dickson

Suratlar smartfonlar taqdimotidan uch oydan ko‘proq vaqt oldin tarqaldi. iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max sentabr oyida namoyish etilishi taxmin qilinmoqda. Kamera qismi uchun yangilangan Ceramic Shield himoyasi qo‘llanishi aytilmoqda.

Shuningdek, smartfonlar kattaroq kamera bloki sabab avvalgi avlodga qaraganda qalinroq bo‘lishi mumkin.

Foto: Sonny Dickson

iPhone 18 Pro modellari TSMC ishlab chiqaradigan ilk 2 nm A20 Pro chipi bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone va Android foydalanuvchilari endi shifrlangan xabar almasha olishi haqida ma’lumot berilgandi. Bu texnologiya tufayli xabarlarni xakerlar, hukumatlar yoki platforma egalari tomonidan kuzatish va o‘qish ancha qiyinlashadi. Shu vaqtgacha iPhone va Android qurilmalari o‘rtasidagi yozishmalar bunday himoyaga ega emas edi.

Shuningdek