Lifestyle

Munajjimlar bashorati: iyunda moliya bilan nima bo‘ladi

Quyida burjlar bo‘yicha iyun oyi uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz

Iyun oyining boshi sermazmun va ziddiyatli bo‘lishi mumkin. Ishdagi kelishmovchiliklar katta umid bog‘lagan loyihalarning o‘z vaqtida yakunlanishiga xalaqit berishi mumkin. Buning oqibatida moliyaviy qiyinchiliklar ham yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas: pul siz kutganingizdan kechroq kelib tushadi va xarajatlarni qisqartirishga to‘g‘ri keladi.

Oyning ikkinchi yarmida esa pul tushumlari va muvaffaqiyatli bitimlar kutilmoqda. Moliyaviy nuqtai nazardan, bu vaqt, ayniqsa, mustaqil mehnat qilayotganlar uchun omadli bo‘ladi. Oy oxirida romantik sayohatlar, oilaviy sayohatlar, do‘stlar uchun noodatiy tadbirlarni rejalashtirish mumkin. Quyida burjlar bo‘yicha iyun oyi uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.

Qo‘y (21.03 – 20.04)

Reja bo‘yicha ketmayotgan barcha narsalarga e’tibor bering. Iyun oyining boshida bilinar-bilinmas paydo bo‘lgan kichik ish muammosi keyinchalik jiddiy tus olishi mumkin. Shunga o‘xshash tendensiya moliya sohasida ham kuzatilmoqda: agar siz oy boshida qandaydir rejalashtirilmagan xarajatlarni amalga oshirsangiz yoki shunchaki pul masalasida beparvo bo‘lsangiz, oyning oxiriga kelib qiyin vaziyatga tushib qolishingiz mumkin. Hamma narsada tartib o‘rnatishga harakat qiling, bu ko‘plab noxush holatlarning oldini oladi.

Buzoq (21.04 – 20.05)

Iyun oyining boshi ko‘plab yoqimli kashfiyotlar olib keladi. Bu vaqt siz anchadan beri o‘ylab yurgan dadil rejalaringizni amalga oshirish uchun mos keladi. Ayniqsa, u ishbilarmonlik nuqtayi nazaridan muvaffaqiyatli bo‘lishi kutilmoqda. Ishga e’tibor qaratganlar martaba pillapoyalaridan ko‘tarilish va daromadni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Muvaffaqiyatli bitimlar tuzish imkoniyati tug‘iladi. O‘z-o‘zi uchun ishlayotganlar uchun bu davr moliyaviy jihatdan juda muvaffaqiyatli bo‘ladi. Ba’zi tadbirkorlar sinalgan ittifoqchilarning qo‘llab-quvvatlashi va nufuzli homiylarga ega bo‘lish orqali yangi bosqichga chiqishga muvaffaq bo‘ladi.

Egizaklar (21.05 – 21.06)

Rejalashtirilmagan xarajatlar bo‘lishi mumkin. Ular oilaning o‘sib borayotgan ehtiyojlari yoki yaqinlaringizni xursand qilish va hayratda qoldirish istagingiz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Iyun oyining ikkinchi yarmida yulduzlar biroz mulohazali bo‘lishni maslahat beradi. O‘tkinchi istaklarni amalga oshirish uchun pul sarflagandan ko‘ra, jamg‘arma hisob raqamini ochgan yoki to‘ldirgan ma’qul. Ammo qandaydir shaxsiy biznes-loyihalarga pul sarflash mumkin; intuitsiya qachon buni qilish kerakligini aytib beradi.

Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Daromadlar biroz oshishi mumkin. To‘g‘ri, yuklamalar ham ko‘payadi, lekin siz yangi maromga tez ko‘nikib ketasiz. Iyun oyi ayniqsa ishi huquqshunoslik, hujjatlarni rasmiylashtirish, davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq bo‘lganlar uchun moliyaviy jihatdan omadli bo‘ladi. Kichik korxonalarni boshqaradiganlar nafaqat daromadning mavsumiy pasayishidan qochish, balki daromadni ko‘paytirish yo‘lini topadi.

Arslon (23.07 – 22.08)

Ba’zilar ishga e’tibor qaratish uchun rejalashtirilgan ko‘ngilochar tadbirlardan voz kechishi kerak bo‘ladi. Ma’lum ma’noda, iyun oyi hal qiluvchi bo‘lishi mumkin: agar siz o‘zingizni eng yaxshi tomondan ko‘rsatsangiz, tez orada martaba zinapoyasidan ko‘tarilib, butunlay yangi daromad darajasiga chiqasiz. Ammo hozircha yulduzlar pulni tejashni qat’iy tavsiya qiladi, ayniqsa, agar siz qandaydir ijodiy ish bilan band bo‘lsangiz va ko‘p jihatdan ilhom va kayfiyat kabi nozik narsalarga bog‘liq bo‘lsangiz. Yaxshisi, kutilmagan xaridlardan qoching va iloji boricha keraksiz xarajatlarni kamaytiring.

Parizod (23.08 – 23.09)

Iyun oyida sizga improvizatsiya qilish, rejalarni yo‘l-yo‘lakay o‘zgartirish, qarorlarni tezda qo‘llash qobiliyati juda asqotadi. Ehtimol, ba’zi ishlarni keyinga qoldirib, boshqalarini bajarish zarurati g‘ashingizga tegishi mumkin, ammo aynan shu narsa muvaffaqiyatga erishishga imkon beradi. Rejalashtirilmagan xarajatlar bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, ular hayotida katta o‘zgarishlarni rejalashtirganlarda ko‘p bo‘ladi: ko‘chib o‘tish, turmush qurish, ish yoki faoliyat sohasini o‘zgartirish. Daromadlar esa sezilarli darajada oshmaydi. Shuning uchun tejamkor bo‘lishga harakat qiling, keraksiz narsalarga pul sarflashga shoshilmang.

Tarozi (24.09 – 23.10)

Oyning boshidayoq oson g‘alabalarga umid qilmaslik kerakligi ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun, ayniqsa, biror muhim narsani rejalashtirgan bo‘lsangiz, mehnat qilishga tayyor turing. Moliyaviy manzara noaniq. Daromadlar oshishi mumkin, lekin xarajatlar ham ortda qolmaydi. Qanchalik tejashga harakat qilmang, ba’zi xarajatlardan qochib qutulolmaysiz. Muvaffaqiyatsiz xaridlar bo‘lishi mumkin. Agar biror jiddiy xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, uni fikri va tajribasiga ishongan odamlar bilan muhokama qiling.

Chayon (24.10 – 22.11)

Moliya sohasida ijobiy tendensiyalarning ta’siri, ayniqsa, iyun oyining ikkinchi yarmida sezilarli bo‘ladi. Bu yirik xaridlar, shuningdek, shaxsiy biznes loyihalarga sarmoya kiritish uchun yaxshi vaqt. Siz arzimas narsalarga pul sarflashni xohlamaysiz, mablag‘ingizdan munosib foydalanishingiz mumkin. Butun oy davomida biroz noxushliklar bo‘lishi mumkin, ammo sog‘liqdan xavotirlanish uchun jiddiy sabablar yo‘q. Shunchaki haddan tashqari charchamaslikka harakat qiling va sayohatga chiqqaningizda muntazam ravishda ishlatadigan dori-darmonlaringizni olishni unutmang.

O‘qotar (23.11 – 21.12)

Kichik moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Katta ehtimol bilan, ular siz kutgan to‘lovlarning kechikishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, siz qachonlardir qarz bergan odamga uni o‘z vaqtida qaytara olmaysiz yoki qandaydir texnik muammolar tufayli to‘lov kechikib kelib tushadi. Bunday hollarda vahimaga tushmaslik, xotirjam harakat qilish va kutilmagan xaridlar yoki qimmat o‘yin-kulgilar orqali salbiy his-tuyg‘ularni yengishga urinmaslik muhim.

Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Rejalashtirilmagan xarajatlar bo‘lishi mumkin. Ulardan har doim ham qochib qutulolmaysiz, lekin ba’zida nisbatan kichik mablag‘ bilan qutulish imkoniyati bo‘ladi. Bitim tuzishga shoshilmang, ayniqsa, notanish odamlar yoki ilgari eshitmagan kompaniyalar bilan. Iyun — bir nechta variantlar orasidan eng ishonchli variantni tanlash kerak bo‘lgan oy, hatto u kamroq daromad va’da qilsa ham.

Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Pul tushumlari va muvaffaqiyatli bitimlar kutilmoqda. Butun oy davomida sizning intuitsiyangiz moliyaviy masalalarda juda o‘tkir bo‘ladi. Bu esa daromadingizni oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermasligingizni, mavjud mablag‘larni to‘g‘ri sarflashingizni anglatadi. Arxitektura va dizayn bilan shug‘ullanadigan burj vakillari uchun iyun oyi moddiy jihatdan juda omadli bo‘ladi.

Baliq (19.02 – 20.03)

Siz pulingizni tavakkal qilishni xohlamaysiz, uni ishonchli loyihalarga kiritishni va faqat haqiqatan ham kerak bo‘lgan narsalarga sarflashni afzal ko‘rasiz. Ko‘plar uzoq muddatli sarmoya kiritish uchun rejalashtirilgan xaridlardan voz kechadi va bu to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Eng katta moliyaviy tushumlar iyun oyining so‘nggi kunlarida bo‘lishi mumkin.