Tug‘ilgan kun uchun tabriknomalar to‘plami

6-iyun 2026 17:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Tug‘ilgan kun uchun tabriknomalar to‘plami
Foto: Kursiv Uzbekistan

Tug‘ilgan kun munosabati bilan yaqinlaringiz uchun munosib so‘zlar qidiryapsizmi? «Kursiv» tomonidan tug‘ilgan kun uchun tabriknomalar to‘plami taqdim etilmoqda. Endi oddiy so‘zlar o‘rniga eng ezgu va mazmunli tilaklarni yaqinlaringizga ulashishingiz mumkin.

Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman! Omad qushi boshingizga qo‘nib, har bir niyatingiz amalga oshishida sizga ko‘makchi bo‘lsin.
Tavallud ayyomingiz bilan!
Doimo shunday samimiy, mehribon va ochiqko‘ngil inson bo‘lib qoling. Baxt sizga soyadek ergashsin.
Bugungi quvonchli kuningiz bilan! Qalbingizda doimo sevgi olovi yonsin, hayotingiz mehnatning shirin mevalariga to‘lsin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Qurbon hayiti uchun tabriknomalar to‘plamini taqdim etgan edi.

Shuningdek