JCh-2026: O‘zbekiston – Kolumbiya o‘yini chiptalar savdosida peshqadam

11-iyun 2026 12:16 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
JCh-2026: O‘zbekiston – Kolumbiya o‘yini chiptalar savdosida peshqadam
Foto: O‘FA

JCh-2026 guruh bosqichining 1-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston – Kolumbiya uchrashuvi chiptalar sotuvi boʻyicha hozircha turnirdagi eng yuqori koʻrsatkichni qayd etmoqda.

Mazkur turnirda ishlaydigan oʻzbekistonlik mutaxassis Alisher Nikimbayevnng maʼlum qilishicha, mazkur oʻyin uchun 74,7 ming ta chipta sotilgan.

Uning taʼkidlashicha, ochilish uchrashuvi boʻlgan Meksika – Janubiy Afrika Respublikasi bahsi uchun 73,3 mingta chipta sotilgan. Shuningdek, Braziliya – Marokash oʻyinida esa bu koʻrsatkich 73,7 mingtani tashkil etgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Kolumbiya terma jamoalari oʻrtasidagi bahs 18-iyun kuni boʻlib oʻtadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi. Oʻyin Meksika poytaxti Mexikodagi mashhur «Atsteka» stadionida oʻtkaziladi. Stadion 87,5 ming nafar muxlisni sigʻdira oladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Kolumbiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv chiptalar norasmiy saytlarda $16,5 minggacha sotilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Jahon chempionatida hakamlar qancha maosh olishi haqida yozgan edi.

Shuningdek