Meksika Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

12-iyun 2026 02:04 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Raul Ximenes / Foto: FIFA.com

Meksikaning Mexiko shahrida start olgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining dastlabki bahsida turnir mezbonlaridan biri JAR termasini qabul qildib, ishonchli g‘alabaga erishdi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Uchrashuv mezbonlarining ustunligi bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardayoq Raul Ximenesning xavfli zarbasini JAR darvozaboni qiyinchilik bilan qaytardi. 9-daqiqaga kelib esa meksikaliklar o‘z maqsadiga erishdi. Jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalangan Xulian Kinyones aniq zarbasi bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda ham meksikaliklar hujumkor o‘yinni davom ettirdi. O‘yinning 50-daqiqasida JARning ahvoli yanada og‘irlashdi. Sifepelo Sitole raqibiga nisbatan qo‘pol harakat qilgani uchun bosh hakam tomonidan so‘nggi umid foli sifatida baholanib, unga qizil kartochka ko‘rsatildi va u maydondan chetlatildi.

67-daqiqada mezbonlar hisobni ikkitaga oshirdi. Qanotdan uzatilgan to‘pni Raul Ximenez boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari asabiy kechdi. 84-daqiqada JAR futbolchisiga, 90+2-daqiqada esa Meksika a’zosiga qizil kartochka ko‘rsatildi.

Foto: FIFA.com

Ma’lumot uchun, Meksika ikkinchi turda Janubiy Koreya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. JAR esa ikkinchi turda Chexiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi

Avvalroq Kursiv nashri Mexikoda 2026-yilgi Jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek