Sport

AQSh Paragvay ustidan yirik g‘alabaga erishib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi

Foto: FIFA.com

Futbol bo‘yicha yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichi 1-turi doirasida AQSh hamda Paragvay terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvda amerikaliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/aqsh1.mp4

O‘yin kutilmaganda Paragvay terma jamoasi uchun omadsiz senariy asosida boshlandi. Uchrashuvning 7-daqiqasidayoq paragvayliklar vakili Damyan Bobadilya o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va hisob ochildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/aqsh-2.mp4

Shundan so‘ng ustunlikni o‘z qo‘liga olgan AQSh futbolchilari hujumkorlikni oshirdi. Natijada, 31-daqiqada Folarin Balogun hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 45+5-daqiqada u o‘zining ikkinchi, jamoasining uchinchi golini kiritib, dubl qayd etdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/aqsh3.mp4

73-daqiqada Paragvay hisobni qisqartirdi. Tezkor qarshi hujumni Mauritsio golga aylantirdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Jovanni Reyna o‘yinga nuqta qo‘ydi, yakuniy hisob 4:1.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/par-1.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/2026-06-13-07-37-29_encoded.mp4

Bahs davomida Janubiy Amerika vakillari biroz asabiy o‘yin namoyish etishdi. Xususan, Paragvay safida Xuan Kaseres, Gustavo Gomes va Migel Almiron hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi. Amerikaliklar tarkibida esa faqatgina Tayler Adams 59-daqiqada ogohlantirildi.

Futbol bo‘yicha JCh — 2026 guruh bosqichining ikkinchi turida AQSh terma jamoasi Avstraliya bilan, Paragvay esa Turkiya bilan to‘qnash keladi. Ushbu jamoalar D guruhid

Avvalroq Kursiv nashri Kanada Bosniya bilan durangga imzo chekkani haqida xabar bergan edi.