JCh — 2026. Qatar so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

14-iyun 2026 02:09 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turi doirasida Qatar va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Qiziqarli kechgan bahsda durrang qayd etildi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Shveysariya terma jamoasi hujumchisi Brel Embolo belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: FIFA.com

Birinchi bo‘limning o‘zidayoq maydonda qizg‘in va murosasiz kurash kechganini hakam tomonidan ko‘rsatilgan sariq kartochkalardan ham bilish mumkin. Xususan, Qatar safida 16-daqiqada Mahmud Abunada va 23-daqiqada Jassem Abdulsallam ogohlantirilgan bo‘lsa, Shveysariya tarkibida Denis Zakariya 42-daqiqada sariq kartochka ishlab oldi.

Qatarliklar asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Qanotdan uzatilgan to‘pni Bualem Xuxi darvozaga joylab qo‘ydi.

Foto: FIFA.com

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati «B» guruhi 2-turida Qatar Kanada terma jamoasiga, Shveysariya esa Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Har ikkala uchrashuv ham 18-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv nashri AQSh Paragvay ustidan yirik g‘alabaga erishib, 3 ochkoni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek