
Hayotingizni murakkablashtirmaslikka va oson yo‘llardan foydalanish mumkin bo‘lgan joyda qiyin yo‘llarni qidirmaslikka harakat qiling. Vaziyat bilan kurashmasdan, faqat oqilona ehtiyotkorlik bilan oqim bo‘ylab suzish mumkin bo‘lgan kamdan-kam kunlardan biri boshlandi. Ilgari orttirilgan tajriba ko‘pchilikka asqotadi. Agar siz o‘zingizning ham, boshqalarning ham xatosini takrorlamaslikka harakat qilsangiz, ko‘p masalalarni a’lo darajada hal qilasiz. Quyida burjlar bo‘yicha 17-iyun uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)

Bu kun, albatta, kutilmagan voqealarni olib keladi. Ilgari tuzilgan rejaga amal qilish qiyin, shuning uchun yo‘l-yo‘lakay nimanidir o‘ylab topishga tayyor turing. Bugun ko‘pchilikka boshqalardan qochib ketgan narsalarni payqash qobiliyati asqotadi. O‘z kuzatuvchanligi tufayli burj vakillari achinarli xatolarga yo‘l qo‘ymaydi, o‘z vaqtida to‘g‘ri qarorlar qabul qiladi.
Buzoq (21.04 – 20.05)

Agar o‘zingiz unga ko‘proq yorqin voqealarni qo‘shishni istamasangiz, kun tinch o‘tadi. Uni avvaldan tanish bo‘lgan ishlar va anchadan beri o‘ylab yurgan masalalarning yechimidan boshlagan ma’qul. Ehtimol, eski tanishlardan birontasi o‘z yordamini taklif qilar, bu esa ayni muddao bo‘lardi. Bu vaqt eski aloqalarni tiklash, arazlashib qolganlar bilan yarashish uchun ham mos keladi.
Egizaklar (21.05 – 21.06)

Uncha qiziqarli bo‘lmagan, lekin juda foydali ishlar bilan shug‘ullanishingiz kerak bo‘ladi. Jiddiy ruhda bo‘ling va haqiqatan ham muhim narsa haqida gap ketganda yengiltaklik qilmaslikka harakat qiling. Ba’zi uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishingiz mumkin, ammo dastlabki yutuqlarga darhol erisha olmasligingizga tayyor turing.
Ishonchli ittifoqchilarni topish uchun biroz harakat qilish kerak bo‘ladi. Bugun qo‘llab-quvvatlashni va’da qilayotganlarning barchasi ham kerak bo‘lganda sizga yordam bera olmaydi. Xulosa chiqarishga shoshilmang yoki hali ko‘p narsa bilmaydigan odamlarga ishonmang.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Kun ko‘plab masalalarni hal qilish uchun qulay bo‘ladi. Ertalabdan boshlab jiddiy va konstruktiv kayfiyatda bo‘lasiz, bu ish vazifalarini tezda uddalash, kasbiy mavqeingizni mustahkamlash va atrofdagilarni ko‘p narsaga qodir ekanligingizga ishontirish imkonini beradi.
Uzoq muddatli rejalarni belgilab olganlar ularni amalga oshirishni boshlashi kerak. Bugun tanlangan yo‘nalishda dastlabki qadamlarni qo‘yish mumkin. Ehtimol, muhim maqsad sari yo‘l oson bo‘lmas. Ammo tez orada dastlabki natijalarni olasiz va harakatlaringiz behuda ketmaganini tushunasiz.
Arslon (23.07 – 22.08)

Qat’iy harakat qilishga tayyor turing. Bu kun qiziqarli imkoniyatlar eshigini ochadi, ammo ulardan foydalanish uchun jasorat va qat’iyat talab etiladi. Agar siz kuchli raqobatchi bilan kurashga kirishishdan qo‘rqmasangiz, darhol bo‘lmasa-da, uni mag‘lub etishingiz mumkin va bu yaxshilik sari katta o‘zgarishlarning boshlanishi bo‘ladi.
Hamkasblaringiz va rahbariyat bilan munosabatlaringiz qanday shakllanayotganiga e’tibor bering. Bugun qisqa va ishonchli gapirish, qizg‘in bahslar paytida ham xotirjamlikni saqlash, muloqotga kirishishni istamaganlar bilan xushmuomala bo‘lish sizga juda asqotadi.
Parizod (23.08 – 23.09)

Kun ko‘plab kutilmagan voqealar va yangiliklarni olib keladi, ularni hisobga olish kerak bo‘ladi. Eski rejalarni o‘zgartirish kerak bo‘ladi va barcha bundan xursand bo‘lmaydi. Ammo eskirib qolgan g‘oyalarga yopishib olmasdan, mavjud vaziyatning ijobiy tomonlarini ko‘rishga harakat qilsangiz ko‘p narsaga erishish mumkinligi ayon bo‘ladi.
Xizmat safarlari yaxshi bo‘ladi, siz katta umid bog‘lagan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishi mumkin. Uzoq vaqt davomida qandaydir moliyaviy tushumlarni kutayotganlar, nihoyat, bu pullarni oladi va ularni to‘g‘ri sarflaydi.
Tarozi (24.09 – 23.10)

Muloqotda sinchkovlik bilan yondashish kerak. Bugun atrofingizda shubhali shaxslar ko‘p bo‘lishi mumkin, shuning uchun yangi tanishlaringizga darhol ishonmang yoki ulardan eshitgan har bir gapingizga ishonavermang. Ish va moliyaviy masalalarda tasdiqlangan ma’lumotlarga tayanish, hujjatlar va kelishuvlar tafsilotlarini sinchiklab o‘rganish maqsadga muvofiq.
Chayon (24.10 – 22.11)

Ushbu murakkab va sermazmun kunda intuitsiya sizga to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va mutlaqo yangi vaziyatda tezda mo‘ljal olishda yordam beradi. Har doim ham sizning ishlarga bo‘lgan yondashuvingiz atrofdagilarga tushunarli bo‘lavermaydi. Biroq ularning noroziligi, u jimmi yoki unchalik emasligidan qat’i nazar, sizni chalg‘itmaydi va maqsadga erishishga to‘sqinlik qilmaydi. Ko‘plar bugun ittifoqchilar yordamisiz yashashga majbur bo‘ladi, ammo burj vakillari sarosimaga tushmaydi va hamma narsani mustaqil ravishda hal qilish yo‘lini topadi.
O‘qotar (23.11 – 21.12)

Ishbilarmonlik muloqotlari uchun ajoyib kun. Hatto siz hech narsa kutmagan muzokaralar ham muvaffaqiyatli o‘tishi mumkin. Ayrimlar hamkorlik bo‘yicha qiziqarli takliflar oladi. Agar xizmat pog‘onasidan ko‘tarilmoqchi bo‘lsangiz, nafaqat mustaqil mehnat qilish, balki boshqalarni ham boshqarishga qodir ekanligingizni ko‘rsatishga harakat qiling. Liderlik fazilatlarini namoyon etish, qandaydir g‘oyalarni taklif qilish va ularni amalga oshirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish kerak.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Kunning katta qismini boshqalarning muammolarini hal qilishga bag‘ishlash kerak bo‘ladi. Siz bunga faylasufona yondashasiz, o‘z ishlaringiz bilan shug‘ullanishingiz mumkinligi haqida ko‘p qayg‘urmaysiz. Ko‘plar qiyin vaziyatga tushib qolganlarga bajonidil yordam beradi. Burj vakillari evaziga hech narsa kutmaydi, ammo tez orada juda saxiy minnatdorchilik oladi.
Pul bilan bog‘liq barcha masalalarda e’tiborliroq bo‘lish kerak. Bugun siz isrofgarchilikka moyil bo‘lasiz va keragidan ko‘proq pul sarflashingiz mumkin. Yirik bitimlar tuzishga shoshilmaganingiz ma’qul, ayniqsa, ularni tuzishni sizga unchalik tanish bo‘lmagan odamlar taklif qilsa.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Kunning boshlanishi, ayniqsa, sezgir va ta’sirchanlar uchun oson bo‘lmasligi mumkin. Sizga o‘tmishdagi noxush voqealarni eslatib qo‘yishi, allaqachon hal bo‘lgan deb o‘ylagan masalalarga qaytishga to‘g‘ri kelishi yoki eski xatolar tuzatishni talab qilishi ehtimoldan xoli emas. Hissiy holatingizni kuzatib boring. Agar siz ijobiy kayfiyatda bo‘lsangiz va his-tuyg‘ularga berilmasangiz, barcha sinovlarni yengib o‘tasiz.
Baliq (19.02 – 20.03)

Kunning boshlanishi unchalik omadli bo‘lmasligi mumkin, lekin xafa bo‘lishga shoshilmang. Ijobiy tendensiyalarning ta’siri tezda kuchayadi va tez orada yaxshi tomonga o‘zgarishlarni sezasiz. Maqsadlar va ustuvorliklar bilan imkon qadar ertaroq yo‘lga chiqish muhim. Agar siz hamma narsani birdaniga bajarishga harakat qilmasdan, faqat bir narsaga e’tibor qaratsangiz, ko‘p kuchingizni tejaysiz.