OnePlus N6 smartfoni uch kun ishlaydigan 8000 mA/soat batareya bilan chiqadi

18-iyun 2026 07:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus N6 smartfoni uch kun ishlaydigan 8000 mA/soat batareya bilan chiqadi
Foto: OnePlus

OnePlus kompaniyasi yangi OnePlus N6 smartfoni haqida navbatdagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Qurilma yangi N seriyasining ilk modeli bo‘ladi va unda asosiy e’tibor avtonom ishlash imkoniyatiga qaratilgan. Kompaniya taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, OnePlus N6 8000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Bunday batareya smartfonning bir marta quvvatlangandan so‘ng uch kungacha ishlashini ta’minlashi aytilmoqda.

OnePlus, shuningdek, akkumulyatorning uzoq muddat xizmat qilishiga ham urg‘u bermoqda. Kompaniya bayonotiga ko‘ra, batareya yetti yil foydalanish davomida ham yuqori sig‘im darajasini saqlab qolishi mumkin.

Foto: OnePlus

Avvalroq insayder Abhishek Yadav smartfon narxi 20 ming rupiydan oshmasligini bildirgan edi. Bu OnePlus N6 narxi $200 dan past bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Shu tariqa, qurilma katta batareyaga ega bo‘lishiga qaramay, nisbatan arzon smartfonlar qatoridan joy olishi kutilmoqda. OnePlus N6’ning rasmiy taqdimoti 30-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri OnePlus Turbo 6X smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek