«Navbahor» boshqaruvi «Ayaks» futbol akademiyasiga uch yilga berildi

23-iyun 2026 17:55 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
«Navbahor» boshqaruvi «Ayaks»  futbol akademiyasiga uch yilga berildi
Foto: prezident matbuot xizmati

«Navbahor» boshqaruvi «Ayaks» futbol akademiyasiga uch yilga berildi. Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida «Navbahor» futbol akademiyasiga bordi.

Davlat rahbari akademiyada yosh futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar va o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishdi.

Namangan viloyati futbol an’analari va iqtidorli futbolchilari bilan mamlakatda alohida o‘ringa ega. Shu bois yosh futbolchilarni xalqaro standartlar asosida tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, «Navbahor» akademiyasi boshqaruvi uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur «Ayaks»  futbol akademiyasiga berilgan.

Foto: prezident matbuot xizmati

«Ayaks» haqida

«Ayaks»  dunyodagi eng taniqli futbol akademiyalaridan biri hisoblanadi. U 1900-yilda tashkil etilgan. Akademiya o‘z tarbiyalanuvchilarini Yevropaning yirik klublariga o‘tkazish orqali har yili o‘rtacha 50–70 mln yevro daromad oladi.

«Ayaks» bilan kelishuvga ko‘ra, klublar o‘rtasida qo‘shma o‘smirlar futbol akademiyasi tashkil etiladi. Unda o‘zbekistonlik yosh futbolchilar va murabbiylarni tayyorlashda «Ayaks»  boshqaruv modeli joriy qilinadi.

Hozir akademiyada xorijiy mutaxassislar, jumladan, murabbiy va skautlar faoliyat yuritmoqda. Ular mahalliy yoshlarni Yevropa futbol standartlari asosida tayyorlamoqda.

Prezident akademiya infratuzilmasi, mashg‘ulot maydonlari va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.

Davlat rahbari futbolchilar bilan suhbatlashdi

Davlat rahbari yosh futbolchilar bilan suhbatlashib, ularning orzu va rejalari bilan qiziqdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va milliy terma jamoaning xalqaro maydonlardagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Tashrif yakunida Prezident akademiya tarbiyalanuvchilari bilan suratga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi o‘yini oldidan terma jamoaga ishonchi haqida fikr bildirgandi.

«Futbol bo‘yicha sizlar uxlayapsizlarmi yoki yo‘qmi, uyqum kelmayapti bugun ham. Baribir birinchi g‘alabamiz, bayrog‘imiz hilpiragani va vatanimizni dunyo hamjamiyati bilan tengligidan dalolat», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek