MG 07 gibrid avtomobili namoyish qilindi

10-avgust 2026 10:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
MG 07 gibrid avtomobili namoyish qilindi
Foto: SAIC

SAIC kompaniyasi MG 07 modelining plug-in gibrid versiyasini rasmiy saytiga joylashtirdi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Yangi MG 07 PHEV faqat elektr energiyasida 245 kilometrgacha, umumiy hisobda esa 1 745 kilometrgacha masofa bosib o‘ta oladi.

Gibrid versiyaning narxi hozircha e’lon qilinmagan. Modelning to‘liq elektr versiyasi esa 29-iyul kuni Xitoyda 125,9 ming yuan, ya’ni qariyb $18,5 mingdan boshlanuvchi narxda oldindan sotuvga chiqarilgan edi.

Ikki xil versiyada taklif qilinadi

MG 07 PHEV ikki komplektatsiyada — 245 Comfort Edition va 245 LiDAR Edition variantlarida sotuvga chiqariladi. Avtomobilning uzunligi 4 886 mm, kengligi 1 900 mm, balandligi 1 478 mm ni tashkil qiladi. G‘ildiraklar bazasi 2 858 mm ga teng. Ushbu o‘lchamlar MG 07’ning to‘liq elektr versiyasi bilan bir xil.

Foto: SAIC

Xaridorlarga Morello Purple, Milia Pink, Salt Lake White, Oxford Blue, Nottingham Grey va California Blue kabi bir nechta kuzov ranglari taklif etiladi.

Umumiy yurish zaxirasi 1 745 kilometrga yetadi

MG 07 PHEV DMH gibrid tizimi bilan jihozlangan. Uning tarkibiga 1,5 litrli benzin dvigateli, elektromotor hamda CATL kompaniyasi yetkazib beradigan litiy-temir-fosfat, ya’ni LFP akkumulyatori kiradi.

Elektromotorning maksimal quvvati 152 kVt yoki 204 ot kuchini, aylantiruvchi momenti esa 302 Nm ni tashkil qiladi.

Benzin dvigateli 82 kVt yoki 110 ot kuchi quvvat ishlab chiqaradi. Uning maksimal aylantiruvchi momenti 135 Nm ga teng.

CLTC standarti bo‘yicha avtomobil faqat elektr rejimida 245 kilometrgacha yurishi mumkin. Benzin va elektr tizimi birgalikda ishlaganda umumiy yurish zaxirasi 1 745 kilometrga yetadi.

Foto: SAIC

Salonda 15,6 dyuymli ekran o‘rnatilgan

MG 07 PHEV saloni ham zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Avtomobil ikki qatlamli quyoshdan himoyalovchi panoramali tom, isitiladigan va shamollatiladigan old o‘rindiqlar hamda 256 rangli atmosfera yoritish tizimiga ega.

Markaziy konsolda 15,6 dyuymli multimedia displeyi, haydovchi oldida esa 8,88 dyuymli raqamli asboblar paneli o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, smartfonlarni 50 Vt quvvatda simsiz quvvatlash tizimi va elektr boshqaruvli yukxona eshigi ham mavjud.

MG savdosi Xitoyda ham o‘smoqda

MG brendi xalqaro bozorlarda Xitoyning o‘ziga qaraganda kuchliroq mavqega ega. 2026-yil fevral oyida MG Yevropa va Buyuk Britaniyada jami 1 mln dona avtomobil sotgan ilk Xitoy avtomobil brendiga aylangan edi.

China EV DataTracker ma’lumotlariga ko‘ra, MG 2026-yilning birinchi yarmida Xitoy bozorida 93,4 ming dona avtomobil sotgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 85,9 foizga ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri GWM Ora 5 modelining yangi versiyasini tayyorlayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek