Buklanadigan iPhone narxi 2,1 ming dollardan boshlanishi mumkin

4-sentabr 2026 13:50 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Apple kompaniyasining ilk buklanadigan iPhone modeli 9-sentabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan taqdimotda namoyish etilishi mumkin.
Foto: iDiscount

Apple kompaniyasining ilk buklanadigan iPhone modeli 9-sentabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan taqdimotda namoyish etilishi mumkin. Qurilmaning asosiy muhokama qilinayotgan jihatlaridan biri uning narxi bo‘lib, dastlabki baholarga ko‘ra, yangi model $2 099–$2 299 oralig‘ida sotilishi mumkin.

2 TB xotirali versiya $3 mingdan oshishi mumkin

Xitoy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2 TB ichki xotiraga ega iPhone Ultra versiyasining narxi $3 mingdan yuqori bo‘lishi mumkin.

Agar bu prognozlar tasdiqlansa, buklanadigan iPhone Apple tarixidagi eng qimmat smartfonlardan biriga aylanadi.

Yuqori narxga nafaqat buklanadigan konstruksiya, balki qurilma komponentlarining umumiy qimmatlashishi ham ta’sir qilayotgani aytilmoqda.

Xotira modullari keskin qimmatlashgan

Ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, 256 GB sig‘imli standart xotira modulining narxi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 400 foizga oshgan.

Xotira va boshqa butlovchi qismlar narxining ko‘tarilishi yangi smartfonlarning umumiy ishlab chiqarish tannarxini 10–20 foizga oshirishi mumkin.

Bu esa, ayniqsa, katta hajmdagi xotiraga ega va murakkab konstruksiyali premium qurilmalar narxida sezilarli aks etishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» iPhone 18 Pro qanday ranglarda chiqishi ma’lum bo‘lgan edi.

Shuningdek