
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eron bilan o‘rtoqlik uchrashuvini rossiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuv 24-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi
FIFA o‘rtoqlik kunlari doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 24-sentabr kuni «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Bosh hakam — Kirill Levnikov
Mazkur bahsning bosh hakami etib rossiyalik Kirill Levnikov tayinlangan. Unga qanotlarda Dmitriy Yermakov va Andrey Vereteshkin yordam beradi.
Avvalroq «Kursiv» «Manchester Siti» mag‘lubiyatdan so‘ng Abduqodir Husanov borasida qarorini e’lon qilgani haqida yozgan edi.