Toyota RAV4 Off-Road Edition taqdim etildi — narx

21-sentabr 2026 17:56 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Toyota RAV4 Off-Road Edition taqdim etildi — narx
Foto: Toyota/ ITHome

FAW kompaniyasi Toyota Xitoy bozorida yangi Toyota RAV4 Off-Road Edition krossoverini taqdim etdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Off-Road nomiga qaramay, to‘liq uzatma yo‘q

Yangi versiya 2026-yilgi Toyota RAV4 Hybrid 2.0L Two-Wheel Drive Elite komplektatsiyasi asosida yaratilgan.

Off-Road Edition qo‘shimcha jihozlarga ega bo‘lsa-da, ishlab chiqaruvchi ularning to‘liq ro‘yxatini hozircha oshkor qilmagan.

E’tiborlisi, model nomida Off-Road atamasi bo‘lishiga qaramay, avtomobil to‘liq uzatmali emas. Ushbu versiya faqat old g‘ildirakdan tortish tizimiga ega.

Foto: Toyota/ ITHome

2,0 litrli gibrid tizim

RAV4 Off-Road Edition Toyota’ning beshinchi avlod THS gibrid tizimi bilan jihozlangan. U 2,0 litrli atmosferali benzin dvigateli va elektromotordan tashkil topgan. Tizimning umumiy quvvati 112 kW yoki 152 ot kuchini tashkil qiladi.

Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, avtomobilning o‘rtacha yonilg‘i sarfi 100 km masofaga 4,59 litrni tashkil etadi.

O‘lchamlari qanday

Krossoverning uzunligi 4 620 mm, eni 1 855 mm va balandligi 1 680 mmga teng. G‘ildirak bazasi esa 2 690 mmni tashkil qiladi.

15,6 dyuymli ekran va Toyota Safety Sense 4.0

Yangi avlod RAV4 to‘liq raqamli asboblar paneli, 15,6 dyuymli markaziy multimedia ekrani va proyeksion displey bilan jihozlanadi.

Multimedia tizimi Qualcomm SA8155P platformasida ishlaydi. Shuningdek, avtomobilda 256 xil rangni qo‘llab-quvvatlaydigan salon yoritqichi va Toyota Safety Sense 4.0 haydovchiga yordam berish tizimi mavjud.

U adaptiv kruiz-nazorat, harakatlanish qatorida ushlab turish va boshqa elektron yordamchilarni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq «Kursiv» UzAuto Motors Chevrolet Cobalt avtomobilini yangilagani haqida yozgan edi.

Shuningdek