
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Umarali Rahmonaliyev terma jamoaning eng quvnoq futbolchisini aytish so‘ralganida Abduqodir Husanov nomini tilga oldi. U Husanovni ayni paytda terma jamoadagi eng tezkor futbolchi deb ham hisoblashini aytdi.
Maydonni tez ko‘ra oladigan va tez fikrlaydigan futbolchi sifatida esa Abbosbek Fayzullayevni ko‘rsatdi. Eng kuchli xarakterga ega jamoadoshlaridan biri sifatida Rustam Ashurmatovni qayd etdi.
Rahmonaliyev o‘z ramziy terma jamoasini tuzdi
Futbolchidan O‘zbekiston milliy terma jamoasida turli davrlarda o‘ynagan futbolchilardan ramziy tarkib tuzish ham so‘raldi.
Rahmonaliyev darvozaga Abduvohid Ne’matovni tanladi. Himoyada Hojiakbar Alijonov, Husniddin Aliqulov, Abduqodir Husanov va Vitaliy Denisov nomlarini keltirdi.
Yarim himoyada Aziz Haydarov, Odil Ahmedov va Jasur Jaloliddinov, hujum chizig‘ida esa Abbosbek Fayzullayev, Sardor Rashidov va Eldor Shomurodovni tanladi.
Ramziy jamoaga murabbiy sifatida Mirjalol Qosimovni qo‘yishini aytdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov jamoasi qaysi futbolchini sotmoqchiligi haqida yozgan edi.