Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

25-sentabr 2026 12:18 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: O‘FA

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining chorak finalida Saudiya Arabistoni ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.

Gollar va o‘yin qahramonlari

Uchrashuvda vakillarimiz ustunlikni ilk daqiqalardan o‘z qo‘liga oldi. Gollarga Dilshod Murtazoyev (12-daqiqa), Azizbek To‘lqinbekov (77-daqiqa) va Firdavs Abdurahmonov (87-daqiqa) mualliflik qildi va jamoamizning yirik g‘alabasini ta’minladi.

Foto: O‘FA

Yarim finaldagi raqib

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi futbolchilarimiz endi yarim finalda Yaponiya – KXDR uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Ushbu muhim bahs 26-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Avvalroq Kursiv nashri o‘zbekistonlik hakamlar Osiyo o‘yinlari chorak finalini boshqarishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek