
Apple 2026-yilda qariyb 6 mln dona buklanadigan iPhone Duo smartfonini sotishi mumkin. Bu haqda Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi prognoziga tayanib «Interfaks-Qozog‘iston» xabar berdi.
Sotuvlar 23-oktabrda boshlanadi
Apple o‘zining ilk buklanadigan iPhone Duo smartfonini 9-sentabr kuni taqdim etdi. Qurilma savdosi 23-oktabrdan boshlanishi rejalashtirilgan.
Smartfon narxi $1 999 dan boshlanadi.
iPhone Duo Apple smartfonlari orasidagi eng katta displeylardan biriga ega bo‘ladi. Qurilma kitob shaklida ochiladi: ochilgan holatda ekran diagonali 7,6 dyuymni, buklanganida esa tashqi displey 5,4 dyuymni tashkil etadi.
Shuningdek, kompaniya modelni iPhone’lar orasidagi eng yupqa korpuslardan biri bilan jihozlagan.
Buklanadigan smartfonlar bozori o‘sishi kutilmoqda
IDC hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026-yilda dunyoda buklanadigan qurilmalar yetkazib berilishi 13% ga oshib, 22,9 mln donaga yetishi mumkin.
Tahlilchilar bu o‘sishda Apple’ning segmentga kirishi muhim rol o‘ynashini kutmoqda. Tadqiqotchilar bahosiga ko‘ra, iPhone Duo taqdim etilmaganida, 2026-yilda buklanadigan smartfonlar bozori o‘sish o‘rniga qisqarishi mumkin edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri iPhone 18 Pro smartfonida kamchilik aniqlangani haqida yozgan edi.