Vivo X Fold 6 batareyasi raqiblaridan ortda qoldi

8-oktabr 2026 08:21 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo X Fold 6 batareyasi raqiblaridan ortda qoldi
Foto: GSMArena

Vivo X Fold 6 bukiluvchi smartfonining dastlabki sharhlari e’lon qilindi. GSM Arena sinovlariga ko‘ra, qurilma katta sig‘imli batareyaga ega bo‘lsa-da, avtonom ishlash bo‘yicha ayrim raqiblaridan ortda qolgan.

Smartfon 6900 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Bu bukiluvchi qurilmalar uchun yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

14 soat 44 daqiqa ishladi

Sinov natijalariga ko‘ra, Vivo X Fold 6 bir quvvatlashda 14 soat 44 daqiqa ishlagan.

Yangi model avvalgi avlod Vivo X Fold’dan ancha yaxshi natija ko‘rsatgan. Bunga batareya sig‘imining oshirilgani sabab bo‘lgan.

Biroq Vivo X Fold 6 Honor Magic V6’dan ortda qolgan. Honor modeli 6600 mA/soat batareyaga ega.

Shuningdek, Motorola va Oppo’ning ayrim bukiluvchi flagmanlari 6000 mA/soat batareya bilan ham Vivo’dan yaxshiroq avtonomlik ko‘rsatgan.

Foto: GSMArena

Galaxy Fold8’dan yaxshiroq natija ko‘rsatdi

Vivo X Fold 6 Samsung Galaxy Fold8’ni esa sezilarli darajada ortda qoldirgan.

Galaxy Fold8 5000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lgani sababli uning avtonom ishlash ko‘rsatkichi pastroq bo‘lgan.

Shu bilan birga, 14 soat 44 daqiqalik natija nafaqat bukiluvchi, balki oddiy smartfonlar uchun ham yetarlicha yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

30 daqiqada 62% quvvatlanadi

Vivo X Fold 6 80 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. GSM Arena testida smartfon 30 daqiqada 62% gacha quvvatlangan. Batareyani to‘liq quvvatlash uchun esa taxminan bir soat vaqt ketgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Vivo Y32 8000 mA/soat batareya bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek