
Baseus’ning iPhone Duo uchun ishlab chiqilgan PicoGo Air AM72 magnitli tashqi akkumulyatori kutilganidan ancha oldin Amazon’da sotuvga chiqdi.
Aksessuar sentabr oyida taqdim etilgan va savdoni noyabr oxirida boshlash rejalashtirilgan edi. Biroq hozir uni $80 narxda xarid qilish mumkin.
Qalinligi atigi 7,9 mm
PicoGo Air AM72’ning eng yupqa qismi 7,9 mm ni tashkil etadi. Batareya sig‘imi esa 5 000 mA/soat.
Qurilma aynan buklanuvchi iPhone Duo o‘lchamlariga moslashtirilgani uchun ko‘plab standart magnitli tashqi akkumulyatorlardan kengroq qilib ishlab chiqilgan.
Qi2 orqali 15 W quvvatlaydi
Powerbank Qi2 standartini qo‘llab-quvvatlaydi va simsiz quvvatlashda 15 W gacha quvvat bera oladi.
USB-C porti orqali esa quvvatlash tezligi 25 W gacha yetadi.
Smartfonni mahkam ushlab turish uchun 12 N kuchga ega magnitlar qo‘llanilgan.
NFC orqali batareya holatini tekshirish mumkin
Qurilmada PowerSense NFC funksiyasi ham mavjud. U orqali foydalanuvchi batareya holatini tez tekshirishi mumkin.
Shuningdek, simsiz quvvatlash paytida qurilmaning barqaror ishlashini ta’minlash uchun issiqlikni boshqarish tizimi o‘rnatilgan.
Alyuminiy korpusda ishlab chiqilgan
PicoGo Air AM72 korpusi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan va Star Titanium Silver rangida taklif etiladi.
Akkumulyatorning ko‘tarilgan platformasi smartfon bilan qurilma orasida kichik bo‘shliq qoldiradi. Bu esa quvvatlash vaqtida sovitish uchun qo‘shimcha havo aylanishini ta’minlaydi.
iPhone Duo uchun maxsus moslashtirilgan
Manbaga ko‘ra, aksessuarning asosiy ustunligi uning iPhone Duo’ning buklangan holatdagi o‘lchamlariga mos ravishda ishlab chiqilganidadir.
Shu sababli u nafaqat magnitli mahkamlash, balki qurilma shakliga mos joylashish va sovitish tizimi bilan ham ajralib turadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ilk iPhone Duo xaridorlarga sotuvdan oldin yetib borgani haqida yozgan edi.