
Chevrolet Gentra işlab çiqarilişi töxtatilganiga ikki yildan oşgan bölsa-da, avtomobil Özbekistonning ikkilamçi bozorida öz xaridorlarini saqlab qolmoqda. Modelga bölgan qiziqişning sababi nimada? Automotive Exhibition korxonasi art-direktori Aziz Sayidov Kursiv Uzbekistan’ga Gentra’ning ommabopligi, texnik ustunliklari, ekspluatatsiya xarajatlari va xarid qilişda e’tibor beriş kerak bölgan jihatlar haqida fikr bildirdi.
Gentra nega hanuz talabgir
Özbekistonda uzoq yillar işlab çiqarilgan Çevrolet Gentra nafaqat transport vositasi, balki ayrim xaridorlar uçun mavqe belgisi sifatida ham qaraladi. Ayniqsa, öz vaqtida Gentra sotib olişni orzu qilgan haydovçilar orasida modelga qiziqiş saqlanib qolgan.

Aziz Sayidovning fikriça, avtomobilning bugungi ommabopligida avvalgi yillarda şakllangan trendlar muhim örin tutadi. Xalq orasida Gentra’ga nisbatan işlatilgan «katta bolaning maşinasi» degan ibora ham uning imijini şakllantirgan.
Biroq ekspert Gentra’ning bugungi bozordagi mavqeyini faqat texnik imkoniyatlar bilan izohlaş töğri emasligini bildiradi. Uning fikriça, ayrim xaridorlar avtomobilni aynan oldindan şakllangan işonç va modelga bölgan qiziqiş sababli tanlaydi.
Gentra örniga Cobalt olgan ma’qulmi
Ekspert Gentra’ning narx va sifat nisbatiga tanqidiy qaraydi. Uning sözlariga köra, model boşqa işlatilgan avtomobillarga nisbatan kamroq arzonlaşgan. Bu esa Gentra xarid qiliş har doim ham iqtisodiy jihatdan ma’qul tanlov emasligini anglatadi.

«Ozgina, taxminan $1000 qöşib, yurgan Cobalt MCM Style olgan ma’qul», – deydi Aziz Sayidov.
Mutaxassis Gentra’ning texnik jihatdan eng kuçli tomoni sifatida uning çidamliligini ajratib körsatadi. Biroq uning bahosiça, qolgan jihatlarda model yangilangan Cobalt’dan ortda qoladi.
Bu holat Gentra’ni Cobalt, Onix va şunga yaqin narx segmentidagi avtomobillar bilan soliştirayotgan xaridorlar uçun muhim. Ekspertning fikriça, Gentra’ning raqobatdagi ustunligi köproq uning bozorda şakllangan obrösi va egasiga beradigan mavqe hissi bilan boğliq.
«Qöpol qilib aytganda, maqtaniş jihati ustunlik berişi mumkin», – deya ta’kidlaydi u.
Ehtiyot qismlar va ta’mirlaşda vaziyat qanday
Gentra’ning uzoq yillar davomida Özbekistonda işlab çiqarilgani unga texnik xizmat körsatiş tizimining şakllanişiga yordam bergan. Mahalliy ustalar modelning tuzilişi va keng tarqalgan nosozliklari bilan taniş.

Aziz Sayidov Gentra uçun ehtiyot qismlar bozorda yetarli ekanini tasdiqlaydi. Biroq ularning narxi arzon degan fikrga qöşilmaydi.
Ekspertning qayd etişiça, Gentra ehtiyot qismlari nisbatan qimmatroq. Şunga qaramay, avtomobilning uzoq yillardan beri foydalanib kelinayotgani, detallarning mavjudligi va ustalarning model bilan işlaş tajribasi ta’mirlatişda jiddiy qiyinçiliklar tuğdirmaydi.
Bu omillar, ayniqsa, işlatilgan avtomobil xarid qilayotganlar uçun ahamiyatli. Çunki avtomobilni sotib oliş narxidan taşqari, uning keyingi texnik xizmat xarajatlarini ham hisobga oliş zarur.
Gentra narxini yaxşi saqlab qoladimi
Ikkilamçi avtomobil bozorida Gentra öz qiymatini nisbatаn yaxşı saqlab qoladigan modellardan biri degan qaraş mavjud. Aziz Sayidov bu fikrni tasdiqlaydi, biroq bunday vaziyat doimiy davom etmasligini ta’kidlaydi.

Uning sözlariga köra, Gentra narxining barqarorligi bozordagi raqobatga bevosita boğliq. Arzonroq va zamonaviy avtomobillarning paydo bölişi model qiymatining pasayişiga sezilarli ta’sir körsatişi mumkin.
Yonilği sarfi Gentra’ning zaif tomoni
Avtomobil xarid qilişda uning yonilği sarfi va foydalaniş xarajatlari muhim omillardan hisoblanadi. Ayniqsa, avtomobildan har kuni foydalanadigan haydovçilar uçun benzin sarfi umumiy xarajatlarning sezilarli qismini taşkil etadi.
Aziz Sayidov Gentra’ni bugungi şaroitda ekspluatatsiya xarajatlari jihatidan raqobatbardoş deb hisoblamaydi.
«Yöq, benzin sarfi katta va ehtiyot qismlar qimmatroq», – deydi ekspert.
Bu esa Gentra’ni xarid qilişda faqat avtomobilning dastlabki qiymatiga qarab qaror çiqarmaslik kerakligini körsatadi. Uni saqlaş, ta’mirlaş va yonilği bilan ta’minlaş xarajatlari ham muhim.
Gentra olayotganda nimalarga e’tibor beriş kerak
Ikkilamçi bozordan Gentra sotib olayotgan xaridorlar avtomobilning taşqi körinişi yoki yurgan masofasi bilangina çeklanmasligi kerak. Aziz Sayidov, eng avvalo, avtomobilning uzatmalar qutisi, dvigateli va kuzov qismlarini tekşirişni tavsiya qiladi.
Ayniqsa, dvigatelning işlaş holati, uzatmalar qutisining işlaşidagi noodatiy belgilar, kuzovdagi ta’mir izlari hamda avtomobilning umumiy texnik ahvolini mutaxassis yordamida baholaş maqsadga muvofiq.
Işlatilgan avtomobilning çidamliligi faqat modelning obrösiga emas, balki avvalgi egasi unga qanday xizmat körsatgani va undan qanday foydalanganiga ham boğliq.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Qozoğistonda yangilangan Çevrolet Cobalt qanday narxda sotilişi haqida yozgan edi.