GTA VI öyini qanday yangilanişlarga ega böladi

28-oktabr 2026 08:12 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
GTA VI
Foto: Rockstar

Rockstar Games’ning kutilayotgan Grand Theft Auto (GTA) VI öyini PlayStation 5’da 210 GB hajmga ega bölişi mumkin. Bu haqda PlayStation Store ma’lumotlar bazasidagi özgarişlarni kuzatib boradigan manbalar xabar berdi.

Insider Gaming ham uşbu ma’lumotni tasdiqlagan. Biroq Rockstar Games hozirça GTA VI’ning yakuniy fayl hajmini rasman e’lon qilmagan.

GTA VI PS5’dagi eng katta öyinlardan biri bölişi mumkin

Agar 210 GB körsatkiçi tasdiqlansa, GTA VI PlayStation 5 uçun çiqarilgan eng katta hajmdagi öyinlardan biriga aylanadi.

Bu, ayniqsa, konsolning içki xotirasidan foydalanadigan geymerlar uçun sezilarli körsatkiç. Masalan, original PS5 modelidagi 825 GB SSD’dan foydalanuvçi uçun amalda taxminan 667 GB joy mavjud. Şunday ekan, GTA VI’ning özi mavjud xotiraning qariyb uçdan bir qismini egallaşi mumkin.

Hozirça Xbox Series X va Series S uçun öyin hajmi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Öyinni oldindan yuklab oliş 12-noyabrda boşlanişi kutilmoqda

PlayStation Game Size ma’lumotiga köra, GTA VI’ni oldindan yuklab oliş 12-noyabrda boşlanişi mumkin.

Öyin esa 19-noyabr 2026-yilda rasman sotuvga çiqadi. Uşbu sanani Rockstar Games ham tasdiqlagan.

Şu tariqa raqamli nusxani oldindan buyurtma qilgan foydalanuvçilarda öyinni yuklab oliş uçun taxminan bir hafta vaqt böladi.

210 GB hali rasmiy yakuniy hajm emas

PlayStation Game Size ma’lumotlari PlayStation Store bazasidan olingan bölsa-da, 210 GB hajm Rockstar Games tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Öyinning yakuniy hajmi reliz oldidan optimallaştiriş, siqiş, birinçi kun yangilanişi yoki öyin versiyasiga qarab özgarişi mumkin. Şu bois hozirça 210 GB körsatkiçini dastlabki ma’lumot sifatida qabul qiliş kerak.

GTA VI Leonida ştatida keçadi

Grand Theft Auto VI voqealari Leonida nomli xayoliy ştatda, jumladan, seriyaga qaytadigan Vice City şahrida keçadi.

Rockstar Games GTA VI’ni 19-noyabr kuni PlayStation 5 va Xbox Series X|S uçun çiqarişni rejalaştirgan.

Avvalroq «Kursiv» «Şrek 2» öyini remaster qilinişi haqida yozgan edi.

Shuningdek