
Kun allaqaçon qoldirilgan va oxiriga yetkazilmagan işlarni eslaş uçun mos keladi. Ehtimol, hozir kerakli natijaga erişiş mumkin va bunda eski yoki yangi ittifoqçilar yordam beradi. Muhit muloqot uçun qulay böladi. Hatto bir-biridan juda farq qiladigan odamlar ham, agar ularning qaraşlari, maqsadlari yoki rejalari heç bölmaganda nimadadir mos kelsa, til topişa oladi. Işbilarmonlik sifatida boşlangan munosabatlar vaqt ötişi bilan döstona yoki romantik munosabatlarga aylanişi ehtimoldan xoli emas. Biroq voqealarni tezlaştirmaslik va ularning öz yöli bilan rivojlanişiga imkon beriş muhim. Özaro qiziqiş mehr-muhabbatga aylanişi uçun vaqt kerak böladi, bu esa öz navbatida mustahkamlanadi. Quyida burjlar böyiça 28-oktabr uçun munajjimlar başoratini taqdim qilamiz.
Qöy (21.03 – 20.04)

Ertalab noxuş daqiqalardan qoçib qutuliş qiyin. Burj vakillari haddan taşqari öjar va qaysar bölib çiqişi mumkin, şu sababli atrofdagilar ular bilan til topişa olmaydi. Yaqinlaringiz bilan ham, hamkasblaringiz bilan ham arzimas narsalar haqida bahslaşişingiz mumkin.
Tuşga yaqin ijobiy tendensiyalarning ta’siri sezilarli darajada kuçayadi. Köp narsalarga xotirjamroq qaray boşlaysiz va ilgari qiyin tuyulgan vaziyatdan çiqiş yölini topasiz.
Buzoq (21.04 – 20.05)

Kunning boşlanişi, jumladan, moliyaviy masalalarni hal qiliş bilan şuğullanadiganlar uçun ham oson bölmaydi. Hisob-kitobda adaşiş yoki nimanidir nazardan qoçirib qöyiş juda oson. Agar siz yirik bitimlar tuzayotgan bölsangiz, hujjatlarni rasmiylaştirişda muammolar yuzaga kelişi mumkin, bu esa keyinçalik jarimalar yoki boşqa jazolarga olib keladi.
Muhim uçraşuvlarni ham kun boşida ötkazmang. Agar ular allaqaçon rejalaştirilgan bölsa, özingizni iloji boriça vazmin tutişga, an’analar va umumiy qabul qilingan qoidalarni buzmaslikka harakat qiling.
Egizaklar (21.05 – 21.06)

Foydali işlardan boşlang: aynan ertalab ular uçun eng ma’quli böladi. Muhim taşkiliy masalalarni hal qiliş yoki hatto tajribaliroq odamlar ham muvaffaqiyatsizlikka uçragan vazifalarni uddalaş imkoniyati bölişi ehtimoldan xoli emas. Sizning ixtiroçilik qobiliyatingiz ham muhim rol öynaydi: miyangizga kelgan yeçimlarni boşqa heç kim topa olmasligi mumkin.
Töğri, atrofdagilarga sizning işlarga bölgan yondaşuvingiz har doim ham tuşunarli bölavermaydi. Nima uçun aynan şunday qilayotganingizni tuşuntirişga töğri keladigan noxuş holatlar yuzaga kelişi mumkin.
Qisqiçbaqa (22.06 – 22.07)

Köp işlarni, jumladan, boşqalar uddalay olmagan işlarni ham uddalaysiz. Köp hayajon keltirgan savollarga javob topilişi va kelajak rejalaringizni belgilab olişingiz ehtimoldan xoli emas. Öz rejalaringizni yaqinlaringiz yoki işbilarmon şeriklaringiz bilan muhokama qiling. Ehtimol, siz juda zarur bölgan yordamni olasiz.
Kun kasbiy istiqbollaringizni yana bir bor öylab köriş va ehtimol, rahbariyat bilan muhokama qiliş uçun ham mos keladi.
Arslon (23.07 – 23.08)

Kun boşida şerlar şoşilinç qarorlardan qoçişlari va tavakkal qilmasliklari kerak. Bu, birinçi navbatda, moliyaga taalluqli, ammo ehtiyotkorlik hayotning boşqa sohalarida ham asqatadi. Unutmang, atrofdagilarning va’dalari har doim ham öz vaqtida bajarilmaydi. Hozir sizni har qanday vaziyatda qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanliklariga işontiradigan odamlar, ehtimol, haqiqatan ham yordam beradi, lekin siz xohlaganingizdan biroz keçroq. Agar siz muhim vazifani hal qiliş bilan band bölsangiz, avvalo, öz kuçingizga tayaning. Bu behuda umidlar va umidsizliklardan qoçiş imkonini beradi.
Parizod (24.08 – 22.09)

Kun qiyin böladi, ammo tuşkunlikka tuşmaslikka va yuzaga kelgan qiyinçiliklarga jiddiy munosabatda bölmaslikka harakat qiling. Agar siz öz kuçingizga işonç va ijobiy kayfiyatni saqlab qolsangiz, ularni yengib ötiş mumkin.
Çorşanba kuni ertalab norasmiy muhitda muloqot qiliş uçun qulay. Agar şaroit imkon bersa, döstlar bilan uçraşiş, yaqinlar bilan suhbatlaşiş yoki romantik uçraşuv uyuştiriş mumkin. Ammo işbilarmonlik masalalarini muhokama qilişni keyinga qoldirgan ma’qul.
Tarozi (23.09 – 23.10)

Kun yomon bölmaydi va köp narsalar siz kutganingizdan ham yaxşiroq böladi. Vaziyatning muvaffaqiyatli kelişi siz ançadan beri boş qotirgan masalani hal qilişga yordam beradi. Işlarga nostandart yondaşuv yanada katta muvaffaqiyatlarga erişiş imkonini beradi. Ba’zilar yangi ittifoqçilarni topadi, ularning qöllab-quvvatlaşi ularga kasbiy rivojlaniş uçun qöşimça imkoniyatlar oçadi.
Taxminan kunduzgi soat uçgaça öta jiddiy va murakkab vazifalarni bajarmagan ma’qul. Buning örniga joriy işlar va kiçik iş masalalarini hal qiliş bilan şuğullaning.
Çayon (24.10 – 22.11)

Kun noaniq, ança tarang, ammo şu bilan birga qiziqarli böladi. Uning birinçi yarmi siz qaçonlardir mustaqil ravişda uddalay olmaganingiz uçun keyinga qoldirgan işlarga qaytiş uçun mos keladi. Bu safar eng qiyin qismni öz zimmasiga olişga tayyor bölgan ittifoqçilarni topiş mumkin böladi. Sizdan nima va qanday qiliş kerakligini tuşuntiriş, keyin esa hammasini nazorat qiliş talab etiladi.
Kun örtasi iş uçun qulay böladi. Ayniqsa, rahbarlarga yulduzlar xayrixoh böladi. Qöl ostingizdagilar bilan oson til topişib, kadrlar masalasini hal qila olasiz.
Öqotar (23.11 – 21.12)

Kun boşidan unumli foydalanişga harakat qiling. Bu eng qulay vaqt bölib, ijobiy tendensiyalarning ta’siri hayotning barça sohalarida, ayniqsa, sezilarli böladi. Yaxşi tomonga özgarişlar bölişi mumkin, ammo köp narsa sizga boğliq böladi. Asosiysi, kerakli paytda dovdirab qolmaslik va öz vaqtida muhim qadamlarni qöyişdir.
Kunning örtasida murakkab iş vazifalari paydo bölişi mumkin va ularni qanday hal qiliş darhol aniq bölmaydi. Bunda, ehtimol, mustaqil harakat qilişga töğri keladi: maslahatlar foydali bölişi dargumon, ilgari yordam va’da qilgan odamlar esa öz işlari bilan juda band böladi.
Toğ eçkisi (22.12 – 20.01)

Muhim masalalarni hal qiliş vaqti keldi. Agar siz yetarliça qat’iyatli va topqir bölsangiz, albatta, ajoyib natijalarga erişasiz. Işonçli yordamçilarni topişga muvaffaq bölasiz. Yaqin kişilarning maslahatlariga quloq soliş ham foydadan xoli bölmaydi. Ehtimol, ular sizning qanday işlar bilan band ekanligingizni va ilgari qanday qiyinçiliklarga duç kelganingizni töliq tuşunmas, ammo taşqaridan qaraş juda foydali bölişi mumkin.
Kunning boşlanişi uzoq yillik işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş uçun qulay böladi. Qaçonlardir birga işlagan odamlaringiz sizga foydali bölişi mumkin bölsa, özingizni eslatişdan tortinmang va yordam sörang. Ehtimol, sizga rad javobini berişmas.
Qovğa (21.01 – 19.02)

Garçi mayda qiyinçiliklar bölmasa-da, kun ança omadli böladi. Yangi rejalar paydo bölişi mumkin, ularni amalga oşirişga ğayrat bilan kirişasiz. Dastlab ğoyalaringiz amalga oşiriş qiyin tuyulsa ham, tez orada vaziyat qulay ekanligini va bundan kerakli natijaga erişiş uçun foydalaniş mumkinligini tuşunasiz.
Kunning boşlanişi moliyaviy masalalarni hal qiliş uçun qulay böladi. Pul tuşumlari, şu jumladan, yangi manbalardan ham istisno qilinmaydi. Agar xarid qilmoqçi bölsangiz, ular omadli bölişi mumkin.
Baliq (20.02 – 20.03)

Harakat rejasini tuzing va unga amal qilişga harakat qiling. Hozir şoşma-şoşarlik va çalkaşliklardan qoçgan ma’qul, ayniqsa kunning boşida, nimani birinçi navbatda, boşlaş va nimani keyinga qoldirişni tuşuniş oson bölmaganda. Eng muhimi, hamma narsani birdaniga qilişga urinmaslikdir. Biroz tanaffus qiling va içki tuyğularingizga quloq soling: u sizga eng töğri yölni körsatib beradi. Atrofdagilarning maslahatlari foydali bölmasligi mumkin, aksinça, ular sizni çalğitadi va ğaşingizga tegadi.