Diyora Keldiyorova Abu-Dabidagi Grand Slam turnirida mağlub böldi

31-oktabr 2026 11:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Diyora Keldiyorova Abu-Dabidagi Grand Slam turnirida mağlub böldi
Foto: Olympic.uz

Özbekistonlik Olimpiya çempioni Diyora Keldiyorova Abu-Dabida ötayotgan dzyudo böyiça Grand Slam turnirida ikkinçi davrada mağlubiyatga uçradi.

52 kg vazn toifasida qatnaşgan Keldiyorova dastlabki bahsda meksikalik Paulina Martinesni yengdi. Ikkinçi davrada esa Isroil vakili Gefen Primo unga ippon bilan ğalaba qozondi.

Keldiyorova turnirni ikkinçi davrada yakunladi

Birinçi uçraşuvda işonçli natija qayd etgan özbekistonlik dzyudoçi keyingi bosqiçda Primo bilan bellaşdi.

Bahs muddatidan oldin yakunlandi — isroillik sportçi ippon qayd etib, keyingi davraga yöl oldi. Keldiyorova Abu-Dabidagi Grand Slam turniridagi iştirokini ikkinçi davrada yakunladi.

Bu uning Olimpiadadan keyingi ikkinçi rasmiy turniri edi

Abu-Dabidagi musobaqa Diyora Keldiyorova uçun 2024-yilgi Parij Olimpiadasidan keyingi ikkinçi rasmiy start böldi.

Olimpiadada oltin medalni qölga kiritganidan söng u farzandli bölişi munosabati bilan sport faoliyatida tanaffus qilgan edi.

Sentabrda oltin medal bilan qaytgandi

Keldiyorova tatamiga 2026-yil sentabrida Qozoğistonda ötkazilgan Aktau Asian Open turnirida qaytdi. U musobaqada ikki nafar qozoğistonlik raqibini mağlub etdi, finalda esa Ozarbayjon vakilidan ustun kelib, oltin medalni qölga kiritdi.

Abu-Dabidagi Grand Slam esa uning qaytişidan keyingi navbatdagi yirik xalqaro sinov böldi.

Avvalroq «Kursiv» Diyora Keldiyorova ğalabadan söng qozoq tilida murojaat qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek