
Oppo kompaniyasi katta siğimli batareyaga ega yangi smartfon ustida işlamoqda. PNC110 indeksli qurilma Xitoy sanoat vazirligi bazasida sertifikatsiyadan ötdi. Hujjatlarda uning batareyasi 11 460 mA/soat ekani körsatilgan.
Sertifikat ma’lumotlariga köra, smartfon 11 460 mA/soatli akkumulyator bilan jihozlanadi. Bozorga çiqqanda esa kompaniya uni 12 000 mA/soatli batareya sifatida taqdim etişi mumkin.
Hozirça qurilmaning boşqa texnik xususiyatlari oçiqlanmagan. Faqat ikki SIM-karta va 5G tarmoqlarini qöllab-quvvatlaşi ma’lum.
Smartfon Oppo A seriyasiga kirişi mumkin
Yangi model Oppo A liniyasiga qöşilişi taxmin qilinmoqda.
Kompaniya yaqinda 10 000 mA/soat batareyaga ega Oppo A7 Pro Max modelini taqdim etgan edi. Şu sabab yangi qurilmada batareya siğimining 11 460 mA/soatga oşirilişi uşbu yönalişning davomi bölişi mumkin.
Yangi Oppo smartfoni qachon taqdim etilişi hozirça ma’lum emas.
Eslatib ötamiz, avvalroq Oppo Reno 17 Pro smartfonining asosiy xususiyatlari haqida xabar berilgandi.