Yangi Chevrolet Corvette modellari qança turadi

5-noyabr 2026 12:33 eʼlon qilindi

Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
Foto: Chevrolet / Kollaj: Kursiv Uzbekistan

Amerikaning General Motors kompaniyasi 2027-yilgi Chevrolet Corvette sport avtomobillarining barça versiyalari, narxlari va texnik xususiyatlarini e’lon qildi. Xaridorlarga oltita asosiy model – Stingray, Grand Sport, Grand Sport X, Z06, ZR1 va ZR1X taklif etilmoqda. Ularning narxi $73,8 mingdan boşlanib, eng qimmat komplektatsiyada $248,7 mingga yetadi. Bu haqda 4-noyabr kuni kompaniyaning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Chevrolet Corvette ilk bor 1953-yilda taqdim etilganida xaridorlar faqat bitta dvigatel va kuzov rangini tanlaşi mumkin edi. Oradan 70 yildan ortiq vaqt ötib, Corvette oilasi turli quvvatdagi benzinli va gibrid sport avtomobillariga ega böldi. Endilikda ular orasida töliq uzatmali versiyalar ham mavjud.

Corvette Stingray — $73,8 mingdan

Corvette Stingray oiladagi eng arzon sport avtomobili hisoblanadi. 2027-yilgi model yangi 6,7 litrli LS6 V8 dvigatelini oldi. Uning quvvati 535 ot kuçiga, aylantiruvçi momenti esa 705 Nm ga teng. Dvigatel sakkiz poğonali, ikki muftali uzatmalar qutisi bilan işlaydi va quvvat orqa ğildiraklarga uzatiladi.

Işlab çiqaruvçining ma’lumotiga köra, Stingray’ning standart 1LT kupesi maxsus poyga trassasida soatiga 322 km tezlikka erişa oladi. Z51 Performance Package bilan jihozlangan versiyada esa avtomobil 96,6 km/soat tezlikka 2,8 soniyada çiqadi.

Stingray Coupe 1LT narxi $73 795 dan boshlanadi. Açiladigan qattiq tomli Convertible versiyasi uçun esa kamida $80 795 tölaş kerak. Tom mexanizmini avtomobil 48 km/soatgaça tezlikda harakatlanayotganida ham işlatiş mumkin.

2LT komplektatsiyasida old oynaga ma’lumot aks ettiruvçi displey, harakat körsatkiçlari va videoni yozib boruvchi tizim mavjud. Uning kupe versiyasi $80 895, kabrioleti esa $87 895 turadi.

Eng yuqori 3LT komplektatsiyasi GT2 sport örindiqlari va salonning yuqori qismidagi zamşaga öxşaş mikrofibra qoplamasi bilan ajralib turadi. Bunday kupening narxi $85 545, kabrioletniki $92 545.

Foto: GM

Corvette Grand Sport — $88,8 mingdan

2027-yil uçun qaytarilgan Corvette Grand Sport modeli Stingray’ning kundalik foydalanişga qulayligini poyga avtomobillariga xos imkoniyatlar bilan birlaştiradi.

Grand Sport ham 535 ot kuçiga ega 6,7 litrli V8 dvigateli bilan jihozlangan. Biroq uning kuzovi kengroq, şassisi va osma tizimi esa sportça boşqaruv uçun moslaştirilgan.

Modelning özigagina xos dizayn elementlari ham bor. Jumladan, kök rangli kuzov, oq markaziy çiziqlar va orqa qanotlardagi qizil belgilar Corvette’ning tarixiy Grand Sport modellarini eslatadi.

Grand Sport Coupe 1LT narxi $88 795 dan, kabriolet esa $95 795 dan boşlanadi. Xaridorlar qöşimça $3 500 evaziga Z52 Sport Performance paketini tanlaşi mumkin. Bu paket Brembo tormozlari va sport rejimlariga moslaştirilgan tortişni boşqariş tizimini öz içiga oladi.

Poyga trassasida foydalanishga möljallangan Z52 Track Performance paketi $20 695 turadi. Uning tarkibiga uglerod-keramik tormozlar ham kiradi.

2LT komplektatsiyasida elektr yordamida bukiladigan yon oynalar, harakatni videoga yozib oliş tizimi va 14 ta dinamikli premium audiotizim mavjud. Uning kupe versiyasi $95 895, kabrioleti $102 895 turadi.

3LT versiyasida salonning mikrofibra qoplamalari va qöşimça Competition Sport örindiqlarini tanlaş imkoniyati mavjud. Bu komplektatsiyadagi kupe $100 545, kabriolet esa $107 545 dan boşlanadi.

Foto: GM

Corvette Grand Sport X — $112,5 mingdan

Corvette Grand Sport X oiladagi gibrid modellardan biridir. U oddiy Grand Sport’dan farqli ravişda töliq uzatma tizimiga ega.

Avtomobilning orqa ğildiraklarini 6,7 litrli V8 benzinli dvigatel, old ğildiraklarini esa elektr motor harakatlantiradi. Elektr motor 1,9 kVt·soat siğimli litiy-ion akkumulyatordan quvvat oladi.

İkki dvigatelning umumiy quvvati 721 ot kuçiga yetadi. Bu Grand Sport X’ga 96,6 km/soat tezlikka 2,4 soniyada erişiş imkonini beradi.

Grand Sport X Coupe 1LT narxi $112 495 dan boşlanadi. Kabriolet uçun esa $119 495 tölaş kerak.

Xaridorlar qöşimça $500 evaziga yuqori samaradorlikka ega yozgi şinalardan iborat Sport Performance paketini tanlaşi mumkin. Grand Sport’ga xos tarixiy bezaklar esa Grand Sport Heritage Graphics paketi orqali qöşimça haqsiz taqdim etiladi.

2LT komplektatsiyasi 14 ta dinamikli audiotizim, harakatni qayd etiş uskunasi va qöşimça qulayliklarga ega. Uning kupesi $117 995, kabrioleti esa $124 995 turadi.

Eng yuqori 3LT versiyasida uglerod tolasi va teri bilan qoplangan rul, salonning mikrofibra bezaklari mavjud. Xaridorlar yana $1 795 evaziga interyerning ayrim qismlarini uglerod tolasi bilan bezatişi mumkin. Ushbu komplektatsiyadagi kupe $123 145, kabriolet esa $130 145 turadi.

Foto: GM

Corvette Z06 — $121,7 mingdan

Corvette Z06 yuqori tezlik va poyga trassasidagi boşqaruvçanlikka alohida e’tibor qaratilgan sport avtomobilidir.

Model 5,5 litrli LT6 V8 dvigateli bilan jihozlangan. Uning quvvati 670 ot kuçiga, aylantiruvçi momenti esa 624 Nm ga teng. Atmosfera bosimi hisobiga havo oladigan ushbu dvigatel turbokompressorsiz işlaydi va daqiqasiga 8 600 aylanişgaça erişa oladi.

Z06 Coupe 1LZ narxi $121 695 dan, kabriolet esa $128 695 dan boshlanadi.

Avtomobilga Z07 Performance paketini örnatiş mumkin. Ushbu paket bilan Z06 96,6 km/soat tezlikka 2,6 soniyada çiqadi. Biroq uni tanlaş uçun qoşimça aerodinamik jihozlardan biri ham talab etiladi.

Şuningdek, $17 minglik Carbon Fiber Wheel and Brake paketi taklif qilinadi. U avtomobil oğirligini kamaytiruvchi uglerod tolali disklar va uglerod-keramik tormozlarni öz içiga oladi.

2LZ komplektatsiyasida haydovçi va yölovçi sozlamalarini xotirada saqlaş tizimi hamda isitiladigan rul mavjud. Bu versiyadagi kupe $130 595, kabriolet esa $137 595 turadi.

Z06 3LZ komplektatsiyasida GT2 sport örindiqlari, uglerod tolasi va teri bilan qoplangan rul hamda turli rangdagi salon çoklarini tanlaş imkoniyati mavjud. Uning kupesi $135 245, kabrioleti esa $142 245 dan boşlanadi.

Foto: GM

Corvette ZR1 — $197,5 mingdan

Corvette ZR1 kompaniya tarixidagi elektr motorisiz işlaydigan eng kuçli Corvette hisoblanadi.

Avtomobil ikkita turbokompressor bilan jihozlangan 5,5 litrli LT7 V8 dvigateliga ega. Uning quvvati 1 064 ot kuçiga, aylantiruvçi momenti esa 1 123 Nm ga yetadi.

Barça quvvat orqa ğildiraklarga uzatiladi. Avtomobil uçun taklif etiladigan ZTK Track Performance paketi yordamida ZR1 96,6 km/soat tezlikka 2,3 soniyada çiqa oladi. Ushbu paket narxi $5 995 ni taşkil etadi.

Corvette ZR1 Coupe 1LZ narxi $197 495 dan boşlanadi. Açiladigan tomli kabriolet versiyasi esa $207 495 turadi.

Xaridorlarga sport avtomobilining taşqi va içki qismlarini uglerod tolali elementlar bilan bezatiş imkoniyati ham beriladi. Masalan, kuzovning ayrim detallarini uglerod tolasi bilan bezatiş $1 795, xavfsizlik kamarlarini boşqa rangda tanlaş esa $495 turadi.

ZR1 3LZ komplektatsiyasi texnik jihatdan 1LZ bilan bir xil, biroq qöşimça qulayliklarga ega. Jumladan, örindiqlar sozlamalarini xotirada saqlaş, elektr yordamida bukiladigan yon oynalar hamda uglerod tolasi va teri bilan qoplangan rul standart jihozlarga kiradi.

Bu versiyadagi kupe $208 495, kabriolet esa $218 495 dan boshlanadi.

Corvette ZR1X — $227,7 mingdan

Corvette oilasidagi eng kuçli va eng qimmat model ZR1X hisoblanadi. U gibrid dvigatel va töliq uzatma tizimiga ega superkar sifatida taklif qilinmoqda.

Avtomobilning orqa ğildiraklarini ikkita turbokompressorli 5,5 litrli LT7 V8 dvigateli harakatlantiradi. Old ğildiraklar esa 186 ot kuçiga ega elektr motor orqali aylantiriladi.

Ularning umumiy quvvati 1 250 ot kuçiga teng. Elektr motor 1,9 kVt·soat siğimli litiy-ion akkumulyator bilan işlaydi.

Işlab çiqaruvçiga köra, ZR1X 96,6 km/soat tezlikka ikki soniyadan kam vaqtda erişa oladi. Chevrolet’ning model sahifasida bu körsatkiç 1,89 soniya deb berilgan.

ZR1X Coupe 1LZ narxi $227 695 dan boshlanadi. Kabriolet esa $237 695 turadi.

Standart jihozlar orasida old oynaga ma’lumot aks ettiruvchi displey, harakatni videoga oliş tizimi va orqa köriniş kamerasining tasvirini aks ettiruvchi raqamli oyna mavjud.

Xaridorlar $12 995 evaziga ZR1X Carbon Fiber Aero paketini ham tanlaşi mumkin. Bu paket kuzovning aerodinamik elementlari va katta orqa qanotni öz içiga oladi.

Foto: GM

Eng yuqori ZR1X 3LZ komplektatsiyasida salon qulayliklari va bezaklarini şaxsiylaştiriş imkoniyatlari kengaytirilgan. Uning kupe versiyasi $238 695, kabrioleti esa $248 695 turadi.

Şunday qilib, 2027-yilgi Corvette oilasida eng arzon va eng qimmat versiyalar örtasidagi narx farqi qariyb $175 mingni taşkil etadi.

Kompaniya ta’kidlaşiça, keltirilgan narxlar AQŞ bozori uçun ishlab çiqaruvçi tavsiya etgan qiymatlar bölib, ularga soliqlar, röyxatdan ötkaziş, diler xizmatlari va qöşimça jihozlar narxi kiritilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2027-yilgi Chevrolet Tracker avtomobilining dvigatel quvvati 137 ot kuçidan 140 ot kuçiga oşirilgani haqida xabar bergan edi. Yangilangan modelning taşqi körinişi va saloni ham özgargan. Avtomobilni seriyali işlab çiqariş 2027-yil 4-yanvardan Janubiy Koreyada boşlanişi rejalashtirilgan.

Shuningdek