
Rossiyaning «Laboratoriya boksa» YouTube-kanali muallifi özbekistonlik boksçi Bahodir Jalolovning professional ringdagi çiqişlarini tanqid qildi.
Muallifning fikriça, Jalolov olimpiya boksida sezilarli ösgan bölsa-da, professional boks talablariga töliq moslaşa olmagan.
«Menimça, Jalolov ön yil içida professional boks nuqtayi nazaridan yetarliça rivojlanmadi. U olimpiya boksida ösdi, ammo professional boksga deyarli moslaşmadi», – dedi kanal muallifi.
Harakatlari va zarbalar arsenali tanqid qilindi
Muallif Jalolovning ring böylab harakatlanişini ham tanqid qildi. Uning aytişiça, boksçi ayrim vaziyatlarda ortiqça harakat qiladi va bu professional boks uçun energiyani samarasiz sarflaşga olib keladi.
Şuningdek, Jalolovning zarbalar arsenali tor ekani, asosan ikki zarbali kombinatsiyalardan foydalanişi va barqaror jeb ustida yetarliça işlamagani aytildi.
«Olimpiya boksi uçun bu yaxşi işlaşi mumkin, ammo professional boks uçun yetarli emas», – deya ta’kidladi muallif.
Motivatsiya masalasi ham kötarildi
Kanal muallifi Jalolovning professional faoliyatidagi yana bir ehtimoliy muammo sifatida motivatsiyani tilga oldi. Uning fikriça, ikki karra Olimpiya çempioni sifatida Jalolov sportdagi asosiy maqsadlaridan biriga erişib bölgan va moddiy jihatdan ham özini ta’minlagani sabab professional boksda oldingidek kuçli motivatsiyani saqlab qolişi qiyinlaşgan bölişi mumkin.
Bu muallifning şaxsiy bahosi bölib, Jalolovning özi uşbu fikrlarga hozirça munosabat bildirmagan.
Jalolov professional ringda mağlub bölmagan
Bahodir Jalolov ayni paytda professional boksda 18 ta jang ötkazib, ularning barçasida ğalaba qozongan. Şundan 15 tasi nokaut bilan yakunlangan.
Özbekistonlik boksçi ikki karra Olimpiya çempioni hisoblanadi va professional ringda oğir vazn toifasida iştirok etmoqda.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Isroil Madrimov va Lazizbek Mullajonov Toşkentda jang qilişi haqida yozgan edi.