Xitoyda Kriştianu Ronalduga bağişlangan ilk muzey oçildi

25-noyabr 2026 07:27 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xitoyda Kriştianu Ronalduga bağişlangan ilk muzey oçildi
Foto: Instagram/ @cristiano

Xitoyning Şanxay şahrida portugaliyalik futbol yulduzi Kriştianu Ronalduga bağişlangan CR7 Museum oçildi. Bu futbolçining muzey loyihasining Xitoydagi ilk filiali böldi.

Muzey Nankin yölidagi Şanghai No. 1 Şopping Center savdo markazining uçinçi qavatida joylaşgan. Ekspozitsiya qariyb 3 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.

Kirişda 7 metrlik haykal örnatildi

Muzey oldida Ronaldu Portugaliya terma jamoasi libosida özining maşhur «Siu» gol nişonlaş holatida tasvirlangan 7 metrlik haykal örnatilgan. Taşkilotçilar uni futbolçining dunyodagi eng baland töliq böyli haykali deb atamoqda.

Haykal balandligining 7 metr etib tanlanişi Ronaldu faoliyati davomida maşhur bölgan 7-raqamga ham işora qiladi. Haykalning oçiliş marosimida futbolçining akasi Hugo Aveiro ham qatnaşgan.

Foto: Championat

10 ta tematik zona taşkil etilgan

Muzey içida Ronaldu hayoti va faoliyatining turli bosqiçlarini aks ettiruvçi 10 ta tematik zona va 15 ta immersiv sahna yaratilgan. Ular orasida futbolçining Madeyradagi bolaligi, Lissabondagi «Sporting» akademiyasida yaşagan yotoqxonasi, mehmonxonasi, klub kiyiniş xonalari va Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klubi stadionidagi futbolçilar tunneli qayta yaratilgan.

«Sporting» akademiyasidagi yotoqxona ekspozitsiyasida Ronaldu yoşligida dunyoning eng yaxşi futbolçisi bölişni orzu qilgani haqidagi yozuv ham aks ettirilgan.

50 dan ortiq eksponatlar olib kelindi

Şanxayga Ronaldu tuğilgan Funçal şahridan 50 dan ortiq eksponatlar olib kelingan.

Ular orasida 2008-yilda qölga kiritilgan «Oltin töp», Yevropa çempionati kubogi, futbolçi öyinlarda kiygan butsalar, «Real Madrid» safidagi 350-goliga bağişlangan futbolka hamda Zinedin Zidan va jamoa futbolçilarining imzolari tuşirilgan forma mavjud.

Şuningdek, Ronaldu Şanxay muzeyi uçun maxsus futbolkaga şaxsan imzo qöygan.

Ronaldu zarbasini qaytarib köriş mumkin

Muzey faqat tarixiy eksponatlardan iborat emas. Unda futbol muxlislari uçun interaktiv zonalar ham taşkil qilingan.

Masalan, taşrif buyuruvçilar Ronaldu 2018-yilda «Yuventus»ga qarşi urgan maşhur qayçi uslubidagi goliga asoslangan simulyatorda özlarini darvozabon sifatida sinab körişi mumkin.

Öşa gol vaqtida Ronaldu havoga 2,38 metr balandlikka kötarilgan. Muzeydagi simulyatsiyada zarba tezligi 28,1 km/soat qilib belgilangan, asl zarba esa 71,3 km/soat tezlikda bölgan. Şanxaydagi CR7 Museum taxminan bir yil davomida faoliyat yuritişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Kursiv Ronaldu uyatli vaziyatga tuşib qolgani haqida yozgan edi.

Shuningdek