Narxi $110 dan $180 gacha boradi
10-noyabr kuni Lionel Messi faoliyatining asosiy qismini o‘tkazgan Barselona shahriga keldi. Futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmog‘iga «Spotify Camp Nou» stadionida tushgan rasmlarini joylashtirdi. «Kecha oqshom men butun qalbim bilan sog‘ingan maskanga qaytdim. Men cheksiz baxtli bo‘lgan maskanga, siz meni ming marta dunyodagi eng baxtli inson sifatida his qilishga majbur etgan joyga.…
Dubay shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha «CSI2*» tasnifidagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. 140 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida Abdurahmon Abdullayev Otto van de Achterhoek laqabli oti bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.…
9-noyabr kuni Ispaniya La Ligasida 12-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda «Barselona» «Selta» mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Maydon egalarining keskin qarshi hujumlari kataloniyaliklar himoyasini sarosimasiga solgan bo‘lsa-da, Robert Levandovskiyning xet-trigi va Lamin Yamalning gollari evaziga «Barselona» o‘yin taqdirini hal qildi. «Real Madrid» esa safarda «Rayo» bilan kuch sinashdi. Ko‘plab urinishlarga…
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Irlandiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvni faol boshlagan o‘zbekistonliklar 20-daqiqada hisobni ochdi. Abbosbek Shukrullayev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoani oldinga olib chiqdi. Biroq 33-daqiqada Gredy Makdonell javob qaytardi. Ikkinchi bo‘limning 75-daqiqada Mikel Nunanning bosh bilan yo‘llagan zarbasi orqali yevropaliklar oldinga…
FIFA The Best FIFA Football Awards sovrini uchun nomzodlarga ovoz berish jarayonini boshladi. Ovoz berish FIFA platformasi orqali amalga oshiriladi va 28-noyabrda yakunlanadi. Ekspertlar komissiyasi erkaklar va ayollar uchun «Eng yaxshi futbolchi», «Eng yaxshi murabbiy» va «Eng yaxshi darvozabon» kabi oltita asosiy nominatsiyada qisqa ro‘yxatni e’lon qildi. Ayollar orasida «Barselona»…
Chempionlar ligasining 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Mazkur turda ham bir-biridan kutilmagan natijalar qayd etildi. «Nyukasl» – «Atletik» 2:0 «Nyukasl» «Barselona»ga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Eddi Hau shogirdlari bu safar Bilbaoning «Atletik» klubidan ustun keldi. Den Bern va Joelintonning gollari «Atletik»ning mag‘lubiyatida sabab bo‘ldi. «Bryugge» –…
6-noyabr kuni Yevropa Chempionlar ligasining 4-turi doirasida «Manchester Siti» o‘z maydonida Dortmundning «Borussiya» jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Pep Gvardiola shogirdlari o‘yinni ilk daqiqalardanoq to‘liq nazorat qildi. O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bu safar maydonga tushmadi. Angliyaliklar o‘yinni faol boshlab, raqibni yuqori pressing bilan siqib chiqdi. 23-daqiqada Fil Foden hisobni ochdi,…
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatini O‘zbekiston U-17 terma jamoasi g‘alaba bilan boshladi. Birinchi turda O‘zbekiston Paragvayga qarshi maydonga tushdi. Dastlab uchrashuvning 25-daqiqasida raqib himoyachilarining xatosidan keyin Azizbek Abdumo‘minov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. So‘ngra birinchi taymning oxirida yana Azizbek Abdumo‘minov qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga yo‘lladi . Ikkinchi taymning 89-daqiqasida raqiblar futbolchisi…
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi – 2026 musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi «C» guruhida Yaponiya, Tojikiston va Avstraliya bilan birga joy oldi. Musobaqa 2026-yil 27-yanvardan 7-fevralgacha Indoneziyada bo‘lib o‘tadi. Bu guruh nisbatan kuchli deb baholanmoqda Yaponiya Osiyoning eng tajribali jamoalaridan biri, Avstraliya esa so‘nggi yillarda futzalga…
2022-yilda Krishtianu Ronaldu britaniyalik jurnalist Pirs Morgan bilan intervyusi orqali katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. O‘shanda portugaliyalik yulduz «Manchester Yunayted»ni keskin tanqid qilgan va oradan ko‘p o‘tmay jamoani tark etgan edi. Oradan uch yil o‘tib, Ronaldu yana Pirs Morgan bilan suhbatlashdi. 4-noyabr kuni jurnalist intervyuning birinchi qismini e’lon qildi va…
2025 – 2026-yilgi mavsumda O‘zbekiston tarixida ilk bor Ochiq Respublika xokkey chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda Xokkey federatsiyasi Kursiv uzbekistan’ga ma’lum qildi. Musobaqada besh jamoa ishtirok etadi. Ularning uchtasi O‘zbekistondan bo‘lsa, ikkitasi Qirg‘izistondan. O‘zbekiston sharafini «Humo» (Toshkent), «Sherdor» (Samarqand) va «Binokor» (Toshkent) klublari himoya qiladi. Qirg‘iziston esa Bishkek shahridan «Alga» hamda…
Qozog‘istonning uchta futbol klubi noyabr oyi oxirigacha xususiylashtiriladi. Bu haqda Kursiv Media nashri xabar berdi. Qozog‘iston futbol federatsiyasi bosh kotibi David Loriyaning ma’lum qilishicha, «Qaysar» klubi «TAU Group LTD» kompaniyasi tasarrufiga o‘tgan. Yangi egalar jamoa va futbol akademiyasi rivojiga 12 milliard tenge sarmoya kiritadi. 15-noyabrgacha «Qizil-Jar» va «Jenis» klublari ham…
FIFA 2027-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida noqonuniy hujjatlar asosida futbolchilarning ishtirok etgani aniqlangach, Malayziya futbol assotsiatsiyasi va yetti futbolchiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Tergov natijalariga ko‘ra, futbolchilar – Gabriel Arrocha, Fakundo Garses, Rodrigo Olgado, Imanol Machuka, Xuan Brandau Figeyredu, Jon Iraurgi va Ektor Serrano soxta hujjatlar yordamida Malayziya nomidan maydonga…
6-sentabr kuni Londonda Premyer-liga futbolchisiga agent tomonidan qurol bilan tahdid qilingani haqida tergov boshlandi. Politsiya holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atib, gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi. Manbalarga ko‘ra, tahdid qilingan futbolchining transfer qiymati taxminan 60 mln yevro atrofida. Voqeadan so‘ng sport agenti hibsga olingan va unga…
Eron chempionatining 9-tur yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi va «Istiqlol» klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov ramziy terma jamoadan joy oldi. Tehron klubi ushbu turda o‘z maydonida «Alyuminium Arak» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ashurmatov maydonda to‘liq harakat qildi hamda havodagi to‘plarda ustunligi bilan ajralib turdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik himoyachi joriy mavsumda…
Serbiyaning «Radnichki-1923» klubi bosh murabbiyi Mladen Jijovich «Mladost» jamoasiga qarshi kechgan safar o‘yini paytida vafot etdi. «iz.ru» portalining ma’lum qilishicha, 44 yoshli mutaxassis o‘yinning 22-daqiqasida o‘zini yomon his qilgan. Tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, Jijovich shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida hayotdan ko‘z yumgan. Uchrashuv «Radnichki-1923» foydasiga 2:0 hisobida to‘xtatilgan. Mladen Jijovich 2025…
«Al-Nasr» «Al-Feyha»ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani ilib ketdi (2:1). Uchrashuvning asosiy qahramoni so‘nggi daqiqalarda penaltini aniq amalga oshirgan Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. Bu gol portugaliyalik futbolchining professional faoliyatidagi 952-gol bo‘ldi. Muvaffaqiyatsiz start va sardor javobi Mezbonlar o‘yinni yaxshi boshlamadi va 14-daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordi. Tezkor qarshi hujumdan unumli foydalangan Jeyson…
Xitoyning Qyandaoxu shahrida o‘tgan ITF M25 toifasidagi tennis turniri yakunlandi. Musobaqaning bosh sovrini o‘zbekistonlik tennischi Sergey Fominga nasib etdi. Mamlakatning ikkinchi raqamli tennischisi finalda aslida belaruslik bo‘lgan, neytral maqomda ishtirok etgan Mikalay Xalyakni ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Bir soat 22 daqiqa davom etgan bahsda Fomin 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.…