UEFA Chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvlarida «Yuventus» Norvegiyada so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi, «Marsel» esa «Nyukasl» ustidan irodali zafar quchdi. «Borussiya Dortmund» o‘z maydonida «Vilyarreal»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Turning eng dramatik uchrashuvlaridan biri Norvegiyada kuzatildi. «Budyo-Glimt» va «Yuventus» o‘rtasidagi bahsda mezbonlar hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa-da, turinliklar o‘yin taqdirini o‘zgartira oldi.…