Shuningdek, o‘zbekistonlik futbolchilar transferlari haqida so‘z boradi
FIFA o‘zining rasmiy saytida milliy terma jamoalar o‘yinlari uchun qo‘yilgan sentabr va oktabr oyidagi tanaffusni birlashtirganini ma’lum qildi. Yangi tartib 2026-yilning kuzidan kuchga kiradi. Endilikda kuzgi FIFA kunlari 21-sentabrdan 6-oktabrgacha davom etadi. Bu davrda terma jamoalar avvalgidek to‘rt o‘yin o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. FIFA ushbu qaror futbolchilarda jarohatlar sonini kamaytirishi hamda…
Sport kartalari savdosiga ixtisoslashtirilgan yirik savdo majmuasida Lionel Messining «Barselona» safidagi debyut mavsumi — 2004/2005-yilga oid «rookie» kartasi 1,5 million dollarga sotildi. Bu mazkur turdagi mahsulotlar uchun mutlaq rekord hisoblanadi, deb xabar bermoqda ESPN. Ushbu karta Mike Baker Authenticated Diamond, PSA, Beckett Services va Sportscard Guaranty Corporation sertifikatlariga ega bo‘lib,…
16-sentabr kuni tongda Angliyaning Liverpul shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda tantali kutib olindi. Marosimda Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, shuningdek, sportchilarning yaqinlari ham ishtirok etdi. Dunyoning 68 mamlakatidan kelgan 540 nafar bokschi qatnashgan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin,…
«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov WhoScored portali talqiniga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasining hafta ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi. 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindagi ishonchli harakatlari uchun nashr tomonidan 7,9 ball bilan baholandi. WhoScored talqiniga ko‘ra, APLning 4-tur ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi: Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov joriy…
Elit Osiyo chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turidan oʻrin olgan bahsda Qarshining «Nasaf» klubi safarda turnirning amaldagi chempioni «Al Ahli» mehmoni boʻldi va yakunda 4:2 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. Uchrashuvda hisob 34-daqiqada Husayn Norchayev tomonidan ochildi. «Ajdarlar» hujumchisi Merih Demiralning xatosidan soʻng birga-bir vaziyatda Eduard Mendini dog‘da qoldirdi. Ikkinchi gol…
Qozog‘istonning «Qayrat» klubi UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichi doirasida Olmaotada o‘tkaziladigan uy uchrashuvlari uchun chipta sotuvini yo‘lga qo‘yishini e‘lon qildi. Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, eng qiziqib kutilayotgan bahslardan biri – «Qayrat» va «Real Madrid» o‘rtasidagi bahsga chiptalar 23-sentabr kuni soat 17:00 dan boshlab sotuvga chiqadi. Chipta narxlari 30 ming…