Tayvanning Foxconn texnologiya kompaniyasi Hindistonning Vedanta konglomerati bilan chip loyihasidan chiqdi. Uning qiymati 19,5 milliard dollarga baholangan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
«Foxconn Vedanta bilan qo‘shma korxonani oldinga siljitmaslikka qaror qildi», — deyiladi Tayvan kompaniyasi bayonotida. Qaror sabablari ko’rsatilmagan.
Axborot agentligi manbasiga ko’ra, Foxconn Hindiston hukumati kompaniyaga imtiyozlar berish masalasini ko’rib chiqishni kechiktirayotgani sababli loyihada ishtirok etishdan bosh tortishga qaror qilgan. Yangi Dehli moliyaviy yordam uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasi bilan ham qiziqdi.
Bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi Hindistonning amaldagi hukumati uchun mikrochiplar ishlab chiqarish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bitimning bajarilmasligi sanoatga xorijiy investorlarni jalb qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.