Samsung kompaniyasi Galaxy S25, Galaxy S25 Plus va Galaxy S25 Ultra smartfonlari uchun One UI 8.5 foydalanuvchi interfeysining to‘rtinchi beta-versiyasini taqdim etdi. Bu haqda Sammobile nashri xabar berdi.
Hozircha yangilanish faqat Galaxy S25 oilasi uchun ochiq beta dasturi doirasida tarqatilmoqda.
Yangilanish hajmi taxminan 1,5 GB ni tashkil etadi (proshivka versiyasi oxiri — ZZAL) va dastlab Janubiy Koreyada foydalanuvchilarga yetib borgan. Yaqin kunlarda u boshqa mamlakatlarda ham foydalanish uchun ochilishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, ushbu beta-versiya oldingisidan qariyb bir oy kechikib chiqqan — reliz yanvar o‘rtalarida bo‘lishi rejalashtirilgan edi.
To‘rtinchi beta-versiyada asosiy e’tibor tizim barqarorligi va telefon funksiyalarining to‘g‘ri ishlashiga qaratilgan...