2025-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $33,8 mlrdga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga yuqori. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berilmoqda.
Hisobot davrida O‘zbekiston eksportida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini Rossiya ($4,3 mlrd) boshqarmoqda. Ikkinchi o‘rinni Xitoy ($2,5 mlrd) egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda Qozog‘iston ($1,5 mlrd) qayd etilgan. Afg‘oniston ham xuddi shunday, ya’ni $1,5 mlrdlik ko‘rsatkich bilan yetakchi hamkorlar qatoridan joy olgan.
Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan Turkiya ($1,1 mlrd), Fransiya ($872,2 mln) va Qirg‘iziston ($771,1 mln) o‘rin olgan. Shuningdek, BAA ($720,7 mln), Tojikiston ($683,1 mln) va Pokiston ($325 mln) 2025-yilda O‘zbekiston mahsulotlarining...