8-fevral kuni Sergeli avtomobil bozorida savdo nisbatan sokin bo‘ldi. You Tube’dagi Xurshid Obzor kanali Sergeli avtobozordagi jarayonda video tayyorladi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida Chevrolet Cobalt avtomobilining ikkilamchi narxlari haqida so‘z boradi.
Bozorda eng talabgir avtomobil bo‘lgan Chevrolet Cobalt’ning deyarli barcha yillari, komplektatsiyalari va narx segmentlari bo‘yicha variantlar mavjud edi. Bloger tomonidan joyida olingan video aynan real bozor narxlari, sotuvchilar bilan kelishuvlar va avtomobillarning haqiqiy holatini ko‘rsatadi.
2025 – 2026-yilgi Cobalt’lar: yangi variantlar
Bozorda eng qimmat va e’tiborni tortadigan segment 2025 – 2026-yilgi Cobalt avtomobillari bo‘ldi. Aksariyat mashinalar 3 mingdan 12 ming kilometrgacha yurgan, ayrimlari...