Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan yangi ekologik loyihalar doirasida Toshkent va unga tutash hududlarda issiqxona faoliyatini tartibga solish bo‘yicha muhim o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab poytaxt va uning atrofida yangi issiqxona tashkil etish cheklanadi. Bu tashabbus hududda havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lib qolayotgani bilan izohlanmoqda.
Ma’lumot uchun, issiqxonalarning bir qismi isitish uchun ko‘mir, mazut va boshqa nostandart yoqilg‘ilardan foydalanadi. Natijada atmosfera havosiga zararli moddalar – azot va oltingugurt oksidlari hamda mayda chang zarrachalari chiqarilib, bu umumiy ekologik vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Toshkent hududida quyosh nurlanishi darajasi boshqa viloyatlarga nisbatan pastligi...