O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) soni 284 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. Eng yuqori ko‘rsatkich poytaxt Toshkent shahrida qayd etilgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Toshkent shahri 41 ming nafar tadbirkor bilan ro‘yxatda yaqqol yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Samarqand (29,7 mingta) va Farg‘ona (27 mingta) viloyatlari band etgan. Andijon hamda Toshkent viloyatlarida ham ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lib, har birida 26 mingdan ortiq YTT faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mamlakatning janubiy va markaziy qismlarida ham tadbirkorlik faolligi kuzatilmoqda. Xususan, Qashqadaryoda 23,3 mingta, Namanganda 20 mingta, Buxoroda 17,4 mingta hamda Surxondaryoda 16,7 mingta yakka...