Bugun, 4-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda so‘nggi yillarda erishilgan natijalar tahlil qilinib, 2026-yil uchun ustuvor vazifalar belgilandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish orqali barqaror o‘sishga erishildi. 2017 – 2025-yillarda aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 3,8 barobar oshib, 26,6 million so‘mga yetdi.
O‘tgan yili 519 ming nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi, 53 ming oila kambag‘allik reyestridan chiqarildi. 2026-yil yakuniga qadar ishsizlik darajasini 3 foizga, kambag‘allikni esa 2,7 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Viloyatda $3 milliardga yaqin xorijiy investitsiya o‘zlashtirilib, yuzlab yangi loyihalar ishga tushirildi. Qishloq xo‘jaligida...