2021-yilda qabul qilingan BMT rezolyutsiyasida Xalqaro Oy kuni 20-iyulda nishonlanishi e’lon qilingan. Shu kuni insoniyat birinchi marta Oyga qadam qoʻydi. Shu sababli «Kursiv» muxbiri Oyning ahamiyati haqida «Oʻzbekkosmos» vakillari va fizika-matematika fanlari doktori, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Fizika fakulteti, «Astronomiya va astrofizika» kafedrasi mudiri Tal’at Ahunov bilan suhbatlashdi.
Xalqaro Oy kuni ahamiyati
20-iyul kuni koʻproq siyosiy ahamiyatga ega — deydi Tal’at Ahunov. Professor fikriga koʻra, Oyning aynan astronomiya nuqtai nazaridan ahamiyati qolmagan. Endi uni texnologik nuqtai nazaridan oʻzlashtirish kerak. E’tibor aynan shu yoʻnalishga qaratilgan.
«Oyning oʻziga kelsak, u Yerning yagona tabiiy yoʻldoshi hisoblanadi. Osmonda yorqinligi boʻyicha...