Geely kompaniyasining EX2 ixcham elektr xetchbeki 2025-yilda Xitoy bozorida 466 ming donaga yaqin sotilib, mamlakatdagi eng ko‘p sotilgan yengil avtomobilga aylandi. Bu haqda Bike-ev nashri xabar berdi.
Bu natija bilan u nafaqat elektromobillar, balki gibrid va benzinli mashinalarni ham ortda qoldirdi. Eng e’tiborlisi, so‘nggi yillarda SUVlar hukmron bo‘lgan Xitoy bozorida ilk bor aynan xetchbek kuzovli model yil yetakchisiga aylandi.
Xitoyda Geely Galaxy Xingyuan nomi bilan sotiladigan EX2 atigi bir yil ichida bozorda katta muvaffaqiyatga erishdi. Model ketma-ket yetti oy davomida oyiga 40 ming donadan ortiq sotilib, 2025-yil sentabr oyida 50 mingdan ziyod savdo bilan rekord qayd etdi. Shu tariqa...