2026-yilda Afg‘onistonda 2,4 mln nafar qiz boshlang‘ich maktabni tugatgach, o‘qishni davom ettirish imkonidan mahrum bo‘ldi. Mamlakat dunyoda ayollar va qizlarga boshlang‘ich ta’limdan keyin o‘qish taqiqlangan yagona davlat bo‘lib qolmoqda. Bu haqda UNESCO ma’lum qildi.
Afg‘onistonda qizlarning o‘rta ta’lim olishi bo‘yicha cheklovlar qariyb besh yildan beri amal qilmoqda. 2022-yildan boshlab ayollarning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishiga ham ruxsat berilmaydi.
2021-yilgacha qizlar ta’limi kengayib borgan
UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, 2001-yildan keyin Afg‘onistonda qizlarning ta’lim olish imkoniyatlari asta-sekin yaxshilangan. 2021-yilga kelib qariyb 1 mln afg‘on qizi o‘rta maktablarda tahsil olayotgan edi.
Keyinchalik joriy etilgan cheklovlar ushbu jarayonni keskin ortga surdi. Endilikda boshlang‘ich...