Motorola kompaniyasi tomonidan Moto G Max smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Yangi model 7000 mA/soat sig‘imli batareya, 120 Hz ekran, Snapdragon 6s Gen 4 protsessori va mustahkamlangan korpus bilan jihozlangan.
Qurilmaning asosiy xususiyatlaridan biri katta sig‘imli kremniy-uglerodli akkumulyator bo‘lib, u 30 Vt quvvatda tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ekran 120 Hz va Gorilla Glass Ceramic bilan himoyalangan
Moto G Max 6,72 dyuymli FHD+ displey bilan jihozlangan. Ekranning yangilanish chastotasi 120 Hz, yuqori yorqinlik rejimida maksimal yorqinlik esa 1050 nitgacha yetadi.
Smartfonda Water Touch 2.0 texnologiyasi qo‘llanilgan. U displeyga suv tomchilari tushgan holatda ham sensor boshqaruvining...