Great Wall Motors Xitoyda yangi Tank 300 yo‘ltanlamasini sotuvga chiqardi. Bu haqda mahalliy ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.
Model benzin, dizel hamda ikkita gibrid kuch qurilmasiga ega besh xil versiyada taklif qilinadi. Avtomobilning narxi 199,8 ming yuandan boshlanib, eng kuchli Hi4-Z modifikatsiyasida 259,8 ming yuanga yetadi. Bu taxminan $27,8 mingdan $36,2 minggacha bo‘lgan narx oralig‘iga teng.
Model tashqi ko‘rinishidagi burchakli kuzov, dumaloq faralar va klassik yo‘ltanlamas uslubini saqlab qolgan. Radiator panjarasiga qora rangdagi yirik TANK yozuvi o‘rnatildi, burilish chiroqlari esa faralar tarkibiga birlashtirildi. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, avtomobilda 553 ta o‘zgartirish va takomillashtirish amalga oshirilgan, uning tarkibiy qismlarining yarmidan ko‘pi...