Oppo kompaniyasi Xitoyda ikkita arzon narxli smartfon – A6v va A6i+ modellarini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Ularning boshlang‘ich narxlari mos ravishda $170 va $215 ni tashkil qiladi.
A6v modeli 6500 mAs batareyaga ega bo‘lib, 45 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon bitta konfiguratsiyada – 8/256 GB xotira bilan taqdim etiladi. Qurilma Dimensity 6300 chipi, 50 MP asosiy kamera, Wi-Fi 5 va 6,8 dyuym HD+ ekran (120 Hz) bilan jihozlangan.
A6i+ modeli esa 7000 mAs batareya va xuddi shunday 45 Vt quvvatlash bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, u IP69 standartiga muvofiq suvdan himoyaga ega. Platforma, xotira...