Mubashshir Ahmad tibbiy yordam ko‘rsatilishidan shikoyat qilmagan va muntazam ravishda to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib kelinayotganini ta’kidladi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili ma’lum qildi.
U avvaldan mavjud bo‘lgan kasalliklari tufayli sog‘lig‘ida biroz o‘zgarishlar mavjudligini va tegishli tibbiy yordam olayotganini bildirgan.
U mehnatga o‘z xohishiga ko‘ra jalb qilinganligini (oshxona ishlari bilan shug‘ullanadi), qonunchilikda belgilangan vaqtlar doirasida ortiqcha mehnatga jalb etilmaganini va ish sharoitlari mehnatni muhofaza qilish qoidalariga mos ekanligini qayd etgan.
Oziq-ovqat ta’minoti va yashash sharoitlari bo‘yicha ham shikoyat qilmagan. U sog‘lig‘idan kelib chiqib, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat berilayotganini ma’lum qilgan.
Ombudsmanning...