Indoneziya fond birjasi rahbari Iman Rachman 30-yanvar kuni o‘z lavozimini tark etdi. Bu qaror bozor kapitallashuvi $80 mlrddan ko‘proqqa kamayganidan so‘ng qabul qilindi.
Jakarta Composite Index chorshanba va payshanba kunlari 8 foizdan ko‘proqqa tushib, aprel oyidan beri eng keskin ikki kunlik pasayishni qayd etdi. Indoneziya rupiyasi kursi ham tushdi. Iman Rachman televideniye orqali chiqish qilib, vaziyat uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini ma’lum qildi.
«Umid qilamanki, bu kapital bozori uchun eng to‘g‘ri qaror va mening iste’fom ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi», – dedi sobiq rahbar.
Keskin pasayishga chorshanba kuni MSCI tashkilotining aksiyalar egaligi va savdo shaffofligi...